E'lonlar

RASMIY OGOHLANTIRISH

bsmi_fake_banner

RASMIY OGOHLANTIRISH

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoatchilik e’tiborini muhim masalaga qaratadi. So‘nggi paytda firibgarlar tomonidan institutimiz nomidan soxta (qalbaki) internet saytlari yaratilib, ular orqali noqonuniy targ‘ibot olib borilmoqda. Quyidagi saytlar institutga hech qanday aloqasi yo‘q va rasmiy hisoblanmaydi:

bukharasmi.com

bsmi.in

Ushbu saytlar fuqarolarni chalg‘itish, shaxsiy ma’lumotlar va mablag‘larni qo‘lga kiritish maqsadida tashkil etilgan bo‘lishi mumkin. Iltimos, ularga ishonmang, shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang va to‘lov amalga oshirmang.

Institutning yagona rasmiy sayti:

bsmi.uz

Rasmiy ma’lumot va e’lonlar faqat shu saytda hamda institutning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida e’lon qilinadi. Shubhali holatlar yuzasidan institutning ishonch telefoniga murojaat qiling.

Buxoro davlat tibbiyot instituti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi