E'lonlar

R:ED FEST bilan robototexnika olamini kashf eting!

cropped-logo_250x250.png

R:ED FEST bilan robototexnika olamini kashf eting!

‼️Agar siz muhandislikka qiziqsangiz va ishlanmalaringizni xalqaro darajada namoyish etishni istasangiz, imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishning ayni vaqti.

14-16-noyabr kunlari “InnoWeek.UZ-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkaziladigan R:ED FEST robototexnika musobaqasiga marhamat.

8 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar muhandislik ishlanmalari orqali quyidagi yo‘nalishlarda bellashadilar:

-Yo‘lak bo‘ylab harakatlanish;
-Sumo;
-Robotlar futboli;

🟥Musobaqada g‘olib bo‘lganlar kelgusida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan robototexnika musobaqalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

🌐Musobaqada BAA, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston davlatlari vakillari mehmon sifatida qatnashadilar.

🛫Yangi g‘oyalar, noodatiy bellashuvlar, xalqaro darajadagi muloqot platformasida bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

⚡️Hoziroq havola orqali o‘tib ishtirokingizni tasdiqlang.