Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti 2023 yil uchun quyidagi keltirilgan ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga (PhD), doktoranturaga (DSc) o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi.
09.09.2023 2023-09-11 22:15Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti 2023 yil uchun quyidagi keltirilgan ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga (PhD), doktoranturaga (DSc) o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti 2023 yil uchun quyidagi keltirilgan ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga (PhD), doktoranturaga (DSc) o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi.
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
1. Ariza;
2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma;
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
4. Magistratura diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis va
ularning nusxalari.
6. Ish joyidan tavsifnoma.
7. Pasport nusxasi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar sohiblari tegishli hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).
9. Milliy yoki unga mos darajadagi halqaro (kamida B2 darajadagi) sertifikatining asl nus’hasini taqdim etadilar. (Asos: 2021 yil 19 maydagi №PQ-5117 sonli Prezident Qarori. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 30 iyundagi №220 sonli buyrug‘i).
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza;
2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma;
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi
(ishlayotgan talabgorlar uchun);
4. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy
davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi
to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
5. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi;
6. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda 3 ta maqola va
2 tezis va ularning nusxalari.
7. Ish joyidan tavsifnoma.
8. Pasport nusxasi.
9. Milliy yoki unga mos darajadagi halqaro (kamida B2 darajadagi) sertifikatining asl nus’hasini taqdim etadilar. (Asos: 2021 yil 19 maydagi №PQ-5117 sonli Prezident Qarori. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 30 iyundagi №220 sonli buyrug‘i.)
Xujjatlar 15-sentyabrdan 14-oktyabrga qadar qabul qilinadi (phd.mininnovation.uz saytiga talabgorning o‘zi tomonidan
yuklanadi.)
Manzil: Buxoro shahar, G‘ijduvon ko‘chasi, 1-uy.
Telefonlar: (90) 715-07-06