SUHBAT ASOSIDA QABUL QILINGAN TALABALAR DIQQATIGA!
25.05.2026 2026-05-25 16:37SUHBAT ASOSIDA QABUL QILINGAN TALABALAR DIQQATIGA!
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIGA SUHBAT ASOSIDA QABUL QILINGAN TALABALAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari hamda sohaga oid tibbiyot texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlab, Buxoro davlat tibbiyot institutiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat orqali to‘lov-kontrakt asosida talabalar safiga qabul qilingan talabalar diqqatiga muhim ma’lumot yetkaziladi.
Amaldagi qonunchilik va oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning maxsus tartiblariga muvofiq, tibbiyot texnikumlarini bitirib, suhbat asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabalar uchun alohida kvotalar hamda o‘ziga xos qabul shartlari belgilangan.
MUHIM ESLATMA!
Suhbat natijalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan ushbu toifadagi talabalar oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy tarzda amalga oshiriladigan davlat granti o‘rinlarining qayta taqsimoti, ya’ni vakant o‘rinlarga grant ajratish jarayonlarida ishtirok etish huquqiga ega emaslar.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ma’muriyati