E'lonlar

Talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar diqqatiga!

Объявления

Talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar diqqatiga!

“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyat hayotidagi o‘rni, ahamiyati hamda unda belgilangan demokratik tamoyillarning amaliy hayotdagi ifodasini ilmiy nuqtai nazardan yoritishga qaratilgan.

Tanlov uchun maqolalar joriy yilning noyabr oyi oxirigacha qabul qilinadi.

Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga asoslangan holda maqolalarni tayyorlashlari tavsiya etiladi:

mavzuning dolzarbligi va ilmiy asoslanganligi;

yangicha yondashuv va tahliliy fikrlar;

Konstitutsiya normalarining amaliy hayot bilan bog‘liq talqini;

ilmiy-texnik talablarning to‘liq bajarilishi.

Eng yaxshi deb topilgan maqolalar tanlov tashkilotchilari tomonidan taqdirlanadi. Qo’shimcha ma’lumot uchun ilmiy bo’limga murojat qilish so’raladi!.