Tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalari uchun vazir stipendiyasi ta’sis etildi
01.05.2022 2022-05-01 19:38Tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalari uchun vazir stipendiyasi ta’sis etildi
Bu haqda vazirning tegishli buyrug‘i qabul qilindi. Unga ko‘ra mazkur stipendiya bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan yoshlarga beriladi.
📌 U har bir tibbiyot oliy ta’lim muassasasining 5 nafargacha nomzodiga bir yil mobaynida ajratiladi.
📌 Ushbu stipendiyaga nomzodlarni saralash haqidagi e’lon tanlov o‘tkazilishidan kamida 1 oy oldin matbuotda e’lon qilinadi.
✅ Nomzodlar tomonidan arizalar mavjud 11 ta tibbiyot oliy o‘quv yurtining “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”ga taqdim etiladi.
✅ Hujjatlar navbatdagi bosqichda vazirlikning Fan va ta’lim boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilgach, vazir buyrug‘i asosida beriladi.
❗️Stipendiya miqdori Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi miqdoriga tenglashtirilgan.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun vazirlikning (71) 239-13-72 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.