E'lonlar

VAKANT LAVOZIMLAR

Объявления

VAKANT LAVOZIMLAR

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida tyutorlarni ishga qabul qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom” talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq, tyutorlik lavozimiga talabgorlar quyidagi malaka talablariga javob berishi lozim:

  • Oliy ma’lumotga (bakalavr darajasiga) ega bo‘lishi, bunda ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga ustunlik beriladi;
  • Qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi;ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi hamda amaliyotini chuqur bilishi, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lishi;
  • Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, madaniyat, mas’uliyat, kirishimlilik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik kabi xislatlarga ega bo‘lishi;mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.

Tyutorlik lavozimiga ishga qabul qilishda amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan malaka talablari va tartiblarga rioya etiladi.

Izoh: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ayni paytda tyutorlik lavozimlari bo‘yicha vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari mavjud emas.

Tyutorlik lavozimlari bo‘yicha vakant ish o‘rinlari yuzaga kelgan taqdirda, tegishli ma’lumotlar institutning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ma’muriyati