Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
21.05.2022 2022-05-23 7:46Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
27 may kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida yosh olimlar va talabalarning “oldinga vaqt” IV xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tadi.
Ilmiy-amaliy konferensiya quyidagi sho’balarda ish olib boradi:
- Onalik va bolalikni muhofaza qilish
- Terapevtik kasalliklar muammolari
- Jarrohlik kasalliklari muammolari
- Tish kasalliklari muammolari
- Tibbiy-profilaktika fanlari muammolari
- Tibbiy-biologik fanlar muammolari
Konferensiyada 35 yoshgacha bo’lgan iqtidorli bakalavriat va magistratura talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlar ishtirok etadilar.