E'lonlar

Xotin -qizlarga o’qishga kirish imkonini beradigan 2ta tavsiyanoma

rasm 4

Xotin -qizlarga o’qishga kirish imkonini beradigan 2ta tavsiyanoma

  1-turdagi tavsiyanoma — ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma;

2-turdagi tavsiyanoma — 5 yillik stajga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun 500 talik kontrakt o‘rin uchun tavsiyanoma.

5 yillik stajliklar ayni paytda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tuman/shahar bo‘limlariga tavsiyanoma uchun ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Ariza uchun oxirgi muddat — 1- iyun. 

Sharti: o‘rta ma’lumotli bo‘lish; kamida 5 yillik stajga ega bo‘lish; birorta OTMda o‘qimayotgan bo‘lish.

2000 talik o‘rin uchun hali arizalar har yili 30 -maydan 8 -iyunga qadar qabul qilinadi. 

Bu kategoriyaga mos keluvchilar:

✔Kam ta’minlangan oila farzandi;

✔Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila farzandi;

✔Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

✔14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

✔Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlar;

✔Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalar.