❓Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qachondan qabul qilinadi?
26.12.2025 2025-12-26 17:25❓Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qachondan qabul qilinadi?
❓Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qachondan qabul qilinadi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025-y.) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uchun oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatiga o‘zgartirish kiritilgan.
Endi ariza topshirish muddati har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar ham kiradi) amalga oshiriladi.
Arizalar quyidagi shakllarda:
🟢Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy transfer.edu.uz sayti va
🟢Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn;
🟢yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan tashkil etiladigan hududiy Ishchi guruhlari tomonidan qabul qilinishi ham mumkin.
Talab etiladigan hujjatlar:
➖Reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
➖O‘qishni ko‘chirish (qayta tiklash) sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.
Muhim eslatmalar:
❗️Bahorgi semestr oldidan bir oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga “ko‘chirib tiklash” bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi.
❗️1-bosqich (1-kurs) 1-semestriga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi (istisno holatlar bundan mustasno).
❗️O‘qishni ko‘chirishda fanlar farqi 4 tadan oshmasligi, GPA ko‘rsatkichi esa kamida 2,4 bo‘lishi lozim.
Arizalar belgilangan tartibda oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar hamda Davlat komissiyasi tomonidan 21-yanvardan 10-fevralgacha (10-fevral ham kiradi) ko‘rib chiqiladi va natijalar abituriyentlarga ma’lum qilinadi.