🎓 “Talaba Expo–2026” Buxoroda — imkoniyatlar va yangi marralar sari qadam!
02.06.2026 2026-06-02 15:07🎓 “Talaba Expo–2026” Buxoroda — imkoniyatlar va yangi marralar sari qadam!
Joriy yilning 16-iyul kuni Buxoro shahri markazidagi Ark qal’asi hududida Talaba Expo–2026 kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
🔹 Ko‘rgazmada:
120 ga yaqin korxona va tashkilotlar;
1300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot dasturlari;
Ish beruvchilar bilan bevosita uchrashuvlar;
Tadbirkorlik va moliyaviy imkoniyatlar yuzasidan maslahatlar taqdim etiladi.
Mazkur ko‘rgazma bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, kasbiy yo‘nalishini aniqlash hamda ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
📣 Kelajagingiz uchun muhim qadamni bugundan tashlang! Sizni “Talaba Expo–2026” kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz.