E'lonlar

🚀 DIQQAT, YIRIK TANLOV: BuxDTIda “Sun’iy intellekt yetakchilari” aniqlanadi!

DIQQAT, YIRIK TANLOV

🚀 DIQQAT, YIRIK TANLOV: BuxDTIda “Sun’iy intellekt yetakchilari” aniqlanadi!

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” milliy tashabbusi doirasida institut miqyosida sovrinli tanlov e’lon qilinadi!
Tanlov maqsadi — institut jamoasi, o’qituvchilar va rahbar xodimlarning sunʼiy intellekt bo‘yicha bilimlarini oshirish va eng faol ishtirokchilarni munosib ragʻbatlantirishdir.
🏆 MUKOFOT JAMG’ARMASI (HAR BIR GURUH UCHUN ALOHIDA): 🥇 1-o’rin: 10 000 000 so’m + Rektor tashakkurnomasi 🥈 2-o’rin: 5 000 000 so’m + Faxriy yorliq 🥉 3-o’rin: 3 000 000 so’m + Faxriy yorliq

📊 ISHTIROK ETISH GURUHLARI VA SERTIFIKAT YIG’ISH TARTIBI: G’oliblar 5 ta mustaqil guruh bo’yicha aniqlanadi. Ishtirok etish uchun har bir guruh mas’uli quyidagi shaxslarning omp.aistudy.uz platformasidan olingan sertifikatlarini jamlashi kerak:
1️⃣ Fakultet dekanlari: O’zlarining shaxsiy sertifikatlari hamda o’z fakultetida faoliyat yurituvchi barcha xodimlar, shuningdek, fakultet talabalari, klinik ordinatorlari va magistrlarining sertifikatlarini.
2️⃣ Tyutorlar: O’zlarining shaxsiy sertifikatlari va faqat qat’iy ravishda o’zlariga biriktirilgan talabalarning sertifikatlarini.
3️⃣ Murabbiylar (Mentor o’qituvchilar): O’zlarining shaxsiy sertifikatlari va o’zlariga mentor sifatida biriktirilgan guruh talabalarining sertifikatlarini.
4️⃣ Kafedra mudirlari: O’zlarining shaxsiy sertifikatlari hamda bevosita o’z kafedrasida ishlovchi barcha professor-o’qituvchilar va xodimlarning sertifikatlarini.
5️⃣ Markaz va bo’lim boshliqlari: O’zlarining shaxsiy sertifikatlari hamda o’z bo’limi/markazida shtat asosida ishlaydigan barcha xodimlarning sertifikatlarini.

✅ ASOSIY SHARTLAR VA ARIZA YUBORISH TARTIBI:
Tanlovda faqat omp.aistudy.uz (“Besh Million Prompterlar”) platformasida kursning barcha 4 ta modulini to‘liq yakunlaganlik sertifikatlari qabul qilinadi.
Inson omilini kamaytirish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida arizalar faqat 👉 @bsmi_tanlov_bot 👈 Telegram boti orqali qabul qilinadi.

⚠️ MUHIM TALAB: Yig’ilgan barcha sertifikatlar bitta umumiy .zip arxiv fayl shakliga keltirilib, botga yuklanishi shart! Bot faqat .zip formatidagi fayllarni qabul qiladi (alohida rasm, PDF yoki Excel fayllar qabul qilinmaydi). Natijalar Nizomga muvofiq avtomatik hisoblab boriladi.

⏳ QABUL MUDDATI: Sertifikatlar arxiv fayli 2026-yil 10-iyun kuni soat 12:00 gacha @bsmi_tanlov_bot orqali qabul qilinadi. Ushbu muddatdan so’ng bot arizalarni qabul qilishni to’xtatadi.

📞 Murojaat va yordam uchun: Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi muhandis-dasturchisi J. Hamroyev
🚀Telegram: @Khamroyev_123
📞Telefon: +998 93 891 90 60