Epidemiologiya kafedrasi

Epidemiologiya kafedrasi

Mirzoeva Mexriniso Rizoevna

KAFEDRA MUDIRI

Kafedra xodimlari

Hamidova Nargiza Qosimovna
phd , katta o'qituvchi
Keldiyorova Zilola Doniyorovna
phd, katta o'qituvchi
Raximov Shermat Ismatovich
assistent
Igamova Munavvar Abdullayevna
ASSISTENT
Ostonova Gulruh Sodiqovna
PHD,ASSISTENT
Faxriddinova Shaxnoza Faxriddinovna
ASSISTENT
Mizrobov Doston O’ktamovich
ASSISTENT

Kafedra tarixi


Tibbiyot fanlari doktori, professor Obloqulov A.R. (1993-2019; 2021)

Tibbiyot fanlari doktori, professor Mirzoeva M.R. (2019-2021y. )

Yuqumli kasalliklar kafedrasi Abu Ali ibn Sino nomli Buxoro tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor A.I. Moʼminovning 1993 yil 4-yanvardagi №1/03 buyrugʼiga asosan Buxoro viloyat bolalar yuqumli kasalliklar kasalxonasi xududida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib, tibbiyot fanlari nomzodi Abdurashid Raximovich Obloqulov tayinlangan. Assistentlar Arashova Gulnora Amirqulovna, Rajabov Fazliddin Fayzievich, klinik ordinatorlar Hamdamov S.S. va Botirova I.A. bilan ish faoliyatini boshlagan. 1997 yilda kafedra assistenti S.G. Xudoydodova 1999 yilda kafedra assistenti O.B. Rahmatov, 2003 yilda kafedra assistenti A.A.Toʼxtaev, 2006 yilda kafedra assistenti M.R.Mirzoeva nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishdi. 2005 yil 1 apreldan boshlab “Yuqumli kasalliklar, ftiziatriya va teri-tanosil kasalliklari” kafedrasi sifatida 2013 yil avgustigacha faoliyat koʼrsatgan boʼlsa, hozirda “Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiya” kafedrasi deb yuritilmoqda.

Kafedra mudiri А.R.Obloqulov Tibbiy pedagogika va OHI fakulьteti dekani lavozimiga oʼtganligi sababli 2019 yil avgust oyidan 2021 yil 10 yanvarigacha Mirzoeva M.R. kafedra mudiri vazifasida faoliyat koʼrsatgan.

2021 yil 10 yanvaridan t.f.d., professor А.R.Obloqulov Institut kengashi qaroriga muvofiq kafedra mudiri lavozimiga tanlov asosida saylangan.

2023yil 30 sentyabrdan Epidemiologiya kafedrasi alohida kafedra sifatida ajralib chiqdi va kafedra mudiri sifatida t.f.d., professor M.R.Mirzoyeva Institut kengashi qaroriga muvofiq saylangan.

Kafedra mudiri M.R.Mirzoyeva Innovasion g’oyalar tanlovida

Kafedra mudiri M.R.Mirzoyeva Eng yaxshi olima ayollar ko’rik tanlovida

Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar tibbiyot fanlari doktori, professor, 2 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, katta o’qituvchilari va 2 nafar assistentlar faoliyat koʼrsatmoqda.

Kafedra xodimlari faoliyatining davolash yoʼnalishi Viloyat yuqumli kasalliklari kasalxonasi va Buxoro viloyat Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatlik boshqarmasida amalga oshirilayapti.

Hozirda t.f.d., professor M.R.Mirzoeva, PhD., katta oʼqituvchilar N.Q.Hamidova, Z.D.Keldiyorova, assistentlar   M.A.Igamova, SH.I.Raximov faoliyat koʼrsatayaptilar.

Kafedraning professor –  o’qituvchilar jamoasi

Mirzoyeva Mexriniso Rizoyevna 1992 yil II Toshkent davlat tibbiyot institutining Davolash fakultetini imtiyozli tugatdi. Shu yili yuqumli kasalliklar mutaxassisligi boʼyicha klinik ordinaturaga oʼqishga kirdi va shu yili klinik ordinaturani muvaffaqiyatli tugatib, assistent lavozimida ishladi. U 2004 yil tibbiyot fanlari bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va 2021 yilda dotsentlik ilmiy unvoniga sazovor boʼldi. 2022-yilda esa doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. M.R.Mirzoyeva 1992 yildan Аbu Аli ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiya kafedrasida faoliyat yuritdi. 2023-yil sentyabrdan esa epidemiologiya kafedrasi mudiri lavozimida ish olib boryapti.

Mirzoyeva Mexriniso Rizoyevna universitet, fakultet va kafedraning ijtimoiy jamoat ishlarida faol qatnashib, Xorij, Respublika va universitet miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda dolzarb muammolarga oid qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Mirzoyeva Mexriniso Rizoyevna bir nechta talabasi Respublika Talabalar Fan Olimpiadasida sovrinli o‘rinlarni olishga muvaffaq bo‘lgan. 2013 yil Vengriya malakasi oshirgan. 2017 yil aprel oyda Rossiyaning Sankt-Piterburg shahrida, may-iyun oylarida Qozog‘istoning Shimkent tibbiyot akademiyasida va Rossiyaning Boshqordiston Respublikasining UFA shahridagai tibbiyot universitetida ma’ruza o‘qib, akademik mobilik bilan ishtirok etdi. Mirzoyeva Mexriniso Rizoyevna Qozog‘istoning Shimkent tibbiyot akademiyasida va Rossiyaning Boshqordiston Respublikasining UFA shahridagai tibbiyot universitetlari bilan birgaliklarida xalqaro konfrensiya tashkil qilingan va shu oliygohlar bilan memorandium tuzgan.

O‘zbekiston Xalq Ta’limi Vazirligi Ilmiy-Texnik Hamkorlik bo‘limi madaniyat markazining 15 dan ortiq seminarlarida faol ishtirok etib, uning sertifikatlariga ega bo‘lgan.

Mirzoyeva Mexriniso Rizoyevna ish faoliyati davomida o‘zining intizomli, tirishqoq tadqiqotchi ekanligini ko‘rsatdi. U ilmiy tadqiqot ishiga jiddiy yondashadi, o‘z ustida tinimsiz ishlaydi, fan yangiliklari bilan muntazam tanishib boradi. Qolaversa, institut ilmiy hayotida va jamoatchilik ishlarida, tashkil qilinadigan ilmiy – nazariy seminarlarda faol ishtirok etadi.

Kafedra, fakultet, institut bo‘ylab o‘tkaziladigan barcha konkurslarga ishtirok etadi. 2014-2015 o‘quv yilida «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» tanlovida ishtirok etib institut miqiyosida faxrli 2-o‘rinni egallagan

Mirzoyeva Mexriniso Rizoyevna o‘z mutaxassisligi bo‘yicha institutdagi etakchi mutaxassislardan. U 10 ga yaqin o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning muallifi. M.R.Mirzoyeva tomonidan tayyorlangan monogarafiya hamda “Yuqumli kasalliklar” o‘quv-qo‘llanmasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muvofiqlashtiruvchi kengashining grifini olgan. Hozirda ushbu qo‘llanmalar chop etilib, o‘quv jarayoniga Respublika tibbiyot institutlarida tadbiq etilmoqda. Shuningdek, uning ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 100 dan ortiq ilmiy maqolalari xorij va mamlakatimizning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan.

40 dan ortiq bakalavr hamda magistr talabalarga ilmiy rahbarlik qilib, bakalavr hamda magistr talaba yoshlarga o‘zining bor bilim va ko‘nikmalarini dars davomida qo‘llab, kelajak avlodga yuqumli kasalliklar va yuqumli bo’lmagan kasalliklar fanlarini o‘rgatib, ularni tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Dars berish mobaynida u talabalar bilan darslarni interaktiv metodlar orqali va yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, mashg‘ulot olib boradi. Faoliyati davomida 100 dan ortiq Respublikamiz va xorij jurnallarida ilmiy maqolalar va tezislar, shulardan 1 ta darslik, 1 ta oʼquv qoʼllanma, 2 ta monografiya chop ettirgan.

O'quv - uslubiy ishlari

Kafedradagi amaliy mashg’ulotlar va o’quv jarayoni amaliy ko’nikmalar, o’quv materiallari va ko’rgazmali qurollar bilan boyitilgan. Kafedradagi talabalar amaliy mashg’ulotlarni Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi va Buxoro viloyat Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatlik boshqarmasi bazasida o’tishadi.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

  • Harbiy epidemiologiya;
  • Epidemiologiya;
  • Indeksion nazorat

Kafedrada quyidagi yo’nalishlarning talabalari dars o’tishadi

5510100 – Davolash ishi;
5510200 – Pediatriya ishi;
5111000 – Kasbiy  ta’lim;
5510400 – Stomatologiya;
5510300 – Tibbiy profilaktika ishi;

5511100 – Xalq tabobati.

Kafedrada «Epidemiologiya magistratura mutaxasisligi, «Epidemiologiya» ordinatura yo’nalishlari bo’yicha talabalar tahsil oladi. Ularga biriktirilgan professor- o’qituvchilarimiz dars o’tishadi. Magistratura rezidiyentlari va ordinatorlar o’qishdan tashqari, darsdan keyin yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida navbatchilikda turishadi.

Magistratura rezidiyentlari, ordinatorlar va bakalavriat talabalari Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasi bazasida joylashgan laboratoriyada turli xil laborator tekshirish usullarni o’rganishadi. 

Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartiga koʻra “Pedagogika” va “Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohalarida oʻqitiladigan epidemiologiya fani inson faoliyatini oʻrganishga taaluqli boʻlgan yangi ilmiy bilimlar, uslub va usullar orqali aholi sogʻligʻini saqlash, boshqa somatik kasalliklardan farqli oʻlaroq, mikroblar taʼsiri natijasida kelib chiqqan kasallik bemordan atrofdagi sogʻlom odamlarga ham tarqalishi mumkin boʻlgan yuqumli kasalliklar va yuqumli bo’lmagan kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, tashhisoti, profilaktikasi va reabilitatsiyasini keng qamrovda oʻrgatadi hamda boʻlgʻusi umumiy amaliyot vrachlarida klinik fikrlash, kasallik va uning belgilarini asoslash uchun zamin yaratib beradi.

Kafedra professor o’qituvchilari talabalar bilan klinik mashg’ulotda

Kafedra professor o’qituvchilari talabalar bilan amaliy mashg’ulotda

Kafedra katta o’qituvchisi Z.D.Keldiyorova talabalar bilan amaliy mashg’ulotda

Kafedra assistenti D.O’.Mizrobov talabalar bilan amaliy mashg’ulotda

Fanning maqsad va vazifalari

Epidemiologiya fani boʻyicha asosiy nazariy bilimlarni oʻzlashtirish.

Epidemiologiya fani boʻyicha asosiy amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish.

Talabalariniepidemiologiyafanidan oʻqitish uchun qoʻllanailadigan asosiy printsiplarni oʻzlashtirish.

Fan boʻyicha talabalarning malakasiga qoʻyiladigan talablar.

Eng koʻp tarkalgan yuqumli kasalliklar va yuqumli bo’lmagan kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, profilaktika prinsiplari.

Bemor shikoyatlari, epidemiologik va klinik anamnez yigish.

Kafedra mudiri professor Mirzoyeva M.R. talabalar bilan klinik mashg’ulotda

Kafedra mudiri professor Mirzoyeva M.R. talabalar bilan amaliy mashg’ulotda

Kafedra katta o’qituvchisi Z.D.Keldiyorova talabalar bilan amaliy mashg’ulotda

Kafedra katta o’qituvchisi N.Q.Hamidova talabalar bilan amaliy mashg’ulotda

Kafedra assistenti Raximov SH.I. amaliy mashg’ulotda

Kafedra assistenti Ashurova S.B.klinik mashg’ulotda

Аkademik mobillik

Kafedrada professor-oʼqituvchilar oʼrtasida akademik mobillik yaxshi yoʼlga qoʼyilgan.

Kafedra mudiri professor M.R.Mirzoeva 2019 yil Boshqirdiston tibbiyot universitetida reja boʼyicha akademik mobillikni amalga oshirib, maʼruzalar oʼqib, amaliy mashgʼulotlar oʼtqazdi.

Kafedta mudiri  professor M.R.Mirzoyeva  Rossiya Federastiyasi Bashkiriya davlat tibbiyot universitetida

Kafedta mudiri professor M.R.Mirzoyeva  Rossiya Federastiyasi Bashkiriya davlat tibbiyot universitetida amaliy mashg’ulotda

Kafedra Turkiyaning sog’lik bilimlar universiteti, Rossiya Federastiyasi  Bashkiriya davlat tibbiyot universiteti, Qozog’iston Respublikasi Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi bilan ilmiy, amaliy va akademik aloqalar o’rnatilib faoliyat davom ettirilmoqda.  Bashkiriya davlat tibbiyot instituti professori G.M. Xasanova, Rossiya Federastiyasi  Ryazan davlat tibbiyot universiteti K.A.Ageeva tomonlaridan akademik almashinuv asosida seminar va mahorat darslari olib borilgan.

2023 yil 11-15dekabr oylarida akademik mobillik asosida kafedra professor o’qituvchilari Qozog’istonning Auzova nomli universitetida bo’lishdi.

Kafedra   professor –o’qituvchilari   Qozog’iston  davlat Auzova universitetida akademik mobillikda

Kafedra   professor –o’qituvchilari   Qozog’iston  davlat Auzova universitetida akademik mobillikda

Chop etilgan o’quv uslubiy qo’llanmalar soni 200 dan ortiq bo’lib, kafedrada oxirgi yillarda 10 tadan ortiq monografiya, o’quv qo’llanma darslik chop ettirilgan. Shu bilan birga kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “RF Boshkiriya” qo’shma grant tuzilib, ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “COVID-19” bo’yicha milliy qo’llanma va o’quv qo’llanma tuzilishda ishtirok etgan.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Epidemiologiya kafedrasi mudiri DSc., dotsent Mirzoyeva Mexriniso Rizoyevna,  2025 yil 03-mart kunidan 03 -aprel kuniga qadar Turkiya davlatidagi Sog’liq bilimlari universitetida malaka oshirish dasturi doirasida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qishdi, hamda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.

Kafedra mudiri  professor M.R.Mirzoyeva  Turkiya davlatidagi Sog’liq bilimlari universitetida

Kafedra mudiri  professor M.R.Mirzoyeva  Turkiya davlatidagi Sog’liq bilimlari universitetida

Sog’liq bilimlari universitetida  rahbariyati va Yuqumli kasalliklar  kafedrasi mudiri, professor Ilyos Do’kmetaj bilan uchrashuv, muzokaralar o‘tkazish va kafedralararo hamkorlik shartnomasini va chora-tadbirlar rejasini tuzish bo’yicha ishlar olib borildi.

Yuqumli kasalliklar kafedrasi talabalarga amaliy mashg’ulotlar tashkil etildi.

Sog’liq bilimlari universitetida Yuqumli kasalliklar  kafedrasi mudiri, professor Ilyos Do’kmetaj bilan birga ko’plab bo’limlar bilan tanishib chiqildi.

Akademik mobillik dasturlari davomida turli grant qilish va scopus ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallarda maqolalarni hammualliflik asosida va turli tajribalar asosida qilingan ilmiy yangiliklarni yuqori reytingli jurnallarda chop etish bo’yicha kelishuvlar qilindi va yo’l yo’riqlari o’rganildi.

Hamkorlikda kamida 1 ta darslik (o‘quv qo‘llanma, monografiya) chop etish, Talabalar akademik almashinuvi, olimpiada qatnashishini tashkil etish bo’yicha hamda Xorijiy professor-o‘qituvchilarni akademik mobillik doirasida jalb qilish dasturlari bo’yicha ishlar rejalashtirildi.

O’quv mashg’ulotlar yakullangan kuni dotsentga mashg’ulotlarda ishtirok etgani bo’yicha 1 oyli dars soatidan kelibchiqib sertifikat berildi.

Ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedra xodimlari tomonidan oxirgi yillarda respublika OAK  ro’yxatiga kiritilgan jurnallarda 100 tadan ortiq ilmiy maqola, shu jumladan yuqori indekslangan xorijiy maqola, Scopus va Web of Science ro’yxatiga kiruvchi jurnallarda 20 dan ortiq maqolalar chop etilgan va American Journal of Medicine and Medical Sciences,  America  World Journal of Pharmaceutical Research, ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal Indiya, Rossiya Dostijeniya nauki i obrazovaniya, Bolgariya  world journal of pharmaceutical research, Shvestiya  World Journal of Pharmaceutical Research va boshqalar.

Kafedra katta o’qituvchisi N.Q.Hamidova “Bolalarda gimenolepidoz kechishining klinik-immunologik xususiyatlari” mavzusida dissertatsiya ishini yo’qladi.

Yana bir kafedra katta o’qituvchisi Z.D.Keldiyorova “Immunologik mezonlarni ishlab chiqish orqali bolalarda infeksion mononukleoz tashxisini optimallashtirish” mavzusida dissertatsiya ishini yo’qladi.

2025 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan respublika OAK  ro’yxatiga kiritilgan jurnallarda 10 tadan ortiq ilmiy maqola, shu jumladan yuqori indekslangan xorijiy maqola, Scopus va Web of Science ro’yxatiga kiruvchi jurnallarda 3 dan ortiq maqolalar chop etilgan va American Journal of Medicine and Medical Sciences,  America  World Journal of Pharmaceutical Research, ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal Azerbaijan, Rossiya Dostijeniya nauki i obrazovaniya va boshqalar.

Kafedra katta o’qituvchisi G.S.Ostonova “ichak infeksiyalari orasida iersinozlar ahamiyatini aniqlash va ular immunodiagnostikasini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya ishini yo’qladi.

Kafedraning ilmiy yo’nalishi:

  1. Atrof muhit, yuqumli va parazitar kasalliklarning aholi salomatligiga ta’sirini o’rganish.
  2. Atrof muhit, yuqumli bo’lmagan kasalliklarning aholi salomatligiga ta’sirini o’rganishda zamonaviy tashxisot va profilaktika uslublarini tadbiq qilish.

Ilmiy yo’nalish asosida kafedra professor o’qituvchilari O’zEMYuKITI, TTA yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi va Viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasi bazalarida ilmiy izlanishlar, jumladan kasalxona shifokorlari kafedra professor-o’qituvchilari hamkorligida ilmiy kengashda tasdiqlangan ilmiy mavzular bo’yicha izlanishlar olib borilayapti.

2020 yil aprel oyida UzRSSV, Buxoro tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar  va epidemiologiya kafedrasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, hamda Yuqumli kasalliklar bo’yicha Evro-Osiyo jamiyati hamkorligida «Yuqumli kasalliklar va parazitar kasalliklarniing tashxisi, davosi va oldini olishining zamonaviy texnologiyalari» xalqaro  ilmiy-amaliy anjuman tashkillashtirildi va yuqori samarada o’tkazildi. Bundan tashqari, kafedra xodimlari Tojikiston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasida; Urganch, Xiva, Toshkent,  Nukus, Andijon kabi shaharlarda bo’lib o’tgan konferentsiyalarda ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Kafedradagi  intellektual mulk ob’ekti EHM uchun dasturlar; “koronovirus infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda yuqori nafas yo’llari yallig’lanish ko’rsatkichlarini aniqlash”  Elektron darslik uchun27.05.2023 №DGU 26208,

“Koronovirus infeksiyasi bilan zararlangan homilador ayollarda klinik-immunologik ko’rsatkichlarini aniqlash” 26.05.2023 №DGU 26109

Talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, mardlik va jasurlik fazilatlarini mustahkamlash maqsadida hududda joylashgan harbiy qismlar bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusida ma’rifiy ishlarni amalga oshirildi. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”, “Yoshlarning milliy qadriyatlarga munosabati”, “Ichki va tashqi tahdidlar hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish vositalari”, “Jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash”, “Mening saylov huquqlarim”, “Adolatli saylov – adolatli jamiyat” mavzulari doirasida “Axborot va murabbiylik soati”ni mazmunli tashkil etish.

“Epidemiologiya” kafedrasi mudiri prof  Mirzoyeva kafedra xodimlari talabalar bilan “Men diniy ekstrimizm va terrorizmni qanday tushunaman!” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Kafedrada separatizm, millatchilik va shovinistik harakatlar, din niqobidagi ekstremizm, buyuk  davlatchilik, “ommaviy madaniyat”, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikka qarshi qaratilgan adovatning avj oldirishga sabab bo‘ladigan huquqbuzarlik kabi qator ichki va tashqi tahdidlarning oldini olish bo‘yicha turkum ma’naviy-mafkuraviy targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etib borildi. Kafedra mudiri prof M.R.Mirzoeva so‘zga chiqib diniy ekstremistik oqimlar va  ularning g‘oyalari to‘g‘risida aytib o‘tdi.

“Sport  bizni  birlashtiradi”, “Sport – salomatlik garovi”, “Jismoniy  tarbiya va  madaniyat zamonaviy  talaba  uchun  asosiy mezon” shiori ostida chellenjlarni tashkil etildi bu  sport musobaqasida kafedra faol qatnashdi.

Kafedradagi  intellektual mulk ob’ekti EHM uchun dasturlar;

  1. “Skarlatinaning klinik o’ziga xosligi” Elektron darslik uchun 02.05.2025 № DGU 50562
  2. Ichak infeksiyalari orasida iyersiniozlarning ahamiyati” Elektron darslik uchun 02.05.2025 № DGU 50563
  3. “Havo-tomchi infeksiyalari orasida qizamiqning ahamiyati” Elektron darslik uchun 02.05.2025 № DGU 50564

Monografiyalar

Mа’nаviy-mа’rifiy ishlаr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish  bo‘yicha taqdim etilgan tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar kafedrada. ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus asosida yil davomida  reja asosida olib borildi.  

 “Yoshlar, kompyuter texnologiyalari va internet”mavzusida talabalar bilan seminarlar o‘tkazishdi. kafedra xodimlari “Ogohlik va xushyorlik- davr talabi ”  mavzusida seminar mashg‘ulotlari  o‘tkazishdi.

Buxoro  Davlat  Tibbiyot  Institutining Epiemiologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida  istiqomat qiluvchi talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tarzda tashkil etish hamda bilimlarini yanada mustahkamlab borish maqsadida Giyohvandlikdan yoshlarimizni asraylik  mavzusida  davra suhbati o‘tkazildi va besh tashabbus doirasida ikkinchi yo‘nalish yoshlarni  jismoniy  chiniqtirish  ularning  sport sohasida  qobiliyatini namoyon qilish zarur, sharoitlarlar yaratishga yo‘naltirib sport musobaqalarini va masterklas tashkil etildi. To‘rtinchi yo‘nalish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida o‘qilgan kitoblari yuzasidan savol javoblar qilindi. Talabalarning bo‘sh vaqtlari mazmunli tarzda tashkil etildi.

         Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning yoshlarga ko‘rsatayotgan yuksak e’tibori, hozirgi zamon yoshlari muhitida sodir bo‘layotgan  jinoyatchilikni oldini olish  to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish borasida 03.02.2025 yil kuni“Huquqiy tarbiya jinoyatchilikni oldini oladi”mavzusida talabalar turar joyida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  14.02.2025 yil  Buxoro tibbiyot institudida institutda faoliyat olib borayotgan ayollarni sportini rivojlantirish maqsadida start berildi.

18.03.2025 yil kunida talabalar turar joyida epidemiologiya kafedrasi professor o’qituvchilari talablar uchun iftorlik uchun mahsulotlar tarqatildi.

Amaliy mashgʼulotlar davomida talabalar bilan tematik bemorlar nazorat qilinadi. Kafedra professor va dotsentlari shifoxona kafedralarida oʼtkaziladigan konsiliumlarda qatnashadilar. Shuningdek, xodimlar qabul boʼlimiga murojaat qilgan bemorlarga maslahat berishadi.

Yashil makon

epidemiologiya kafedrasi mudiri tfd prof M.R.Mirzoeva so’zi – respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” Umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo4ronlarining atrof-muhitga zararli ta’sirlarining oldini olish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O4gan davr mobaynida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 588 gektar “yashil bog‘lar”, 662 gektar “yashil jamoat parklari”, Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida jami 40 km masofada “yashil belbog4”lar barpo etildi.

Shu bilan birga, umummilliy loyihani samarali davom ettirish bugungi kunda kechiktirib boMmas choralami ko‘rishni talab etmoqda.

O’zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasini yanada ommalashtirish, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va ilg’or texnologiyalami keng joriy etish hamda “(Yzbekiston — 2030” strategiyasida belgiiangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda quyidagi qo’shimcha mexanizmlar amalga oshirildi:Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag4laming kamida 50 foizi “yashil bog4lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog’im” loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltirildi. Bunda aholi tashabbusi bilan “yashil bog’lar” va “yashil jamoat parklari’Yii tashkil qilish bo‘yicha maydon manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda tashabbus bildirildi.

EPIDEMIOLOGIYA kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Yashil makon umummilliy loyihasi” doirasida oziga biriktirilgan Rabotak MFY va M. Burxonov MFY lariga mevali va manzarali daraxtlar ekildi. doirasida Buxoro viloyat yukumli kasalliklar shifoxonasi

EPIDEMIOLOGIYA kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Yashil makon umummilliy loyihasi” davomida tabiatni asrab avaylash uchun yil davomida, atrof- muhit muhofazasi oyligida yil davomida faol qatnashishga kelishib olindi.

Tashkiliy ishlаr

Kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan oʼtkazilgan konferentsiyalar, mahorat darslari va seminarlar soni 100 dan ortiq boʼlib, har yili chet ellarda tashkil qilinayotgan anjumanlarga qatnashib turishibdi. Kafedra xodimlari Jahon Sogʼliqni Saqlash Tashkiloti Yevropa ittifoqi boʼlimi bilan hamkorlikda Oʼzbekistonda “Invaziv bakterial meningitlar tashxisotini takomillashtirish” loyihasi, “Diareya sindromi bilan kechuvchi yuqumli kasalliklarda zamonaviy tashxisot usullari” kabi loyihalarda faol ishtirok etishgan.

Bugungi kunda kafedra xodimlari tomonidan turli mavzularda ilmiy ishlar olib borilmoqda, “Parazitologiyaning dolzarb muammolari”, “Virusli infektsiyalarnni oʼrganishda yangi texnologiyalar” shular jumlasidandir.

Amaliy mashgʼulotlar davomida talabalar bilan tematik bemorlar nazorat qilinadi. Kafedra professor va dotsentlari shifoxona kafedralarida oʼtkaziladigan konsiliumlarda qatnashadilar. Shuningdek, xodimlar qabul boʼlimiga murojaat qilgan bemorlarga maslahat berishadi.

Kafedra professor-o’qituvchilarining davolash ishlari bo’yicha vazifalari

FISH

Lavozim

Bo’limlar

Vazifasi

1.

M.R. Mirzoyeva

Kaf. mudiri

Reanimatsiya

10-bo’lim

Maslahatchi

2.

Z.D. Keldiyorova

Katta o’qituchi

6-bo’lim

Maslahatchi

3.

N.Q.Hamidova

Katta o’qituvchi

2-bo’lim

7-bo’lim

Maslahatchi

4.

M.A.Igamova

Assistent

3-bo’lim

Bemor kuratsiyasi

5.

SH.I.Raximov

Assistent

6-bo’lim

Bemor kuratsiyasi

6

G.S.Ostonova

Assistent

3-bo’lim

Maslahatchi

7

D.O’. Mizrobov

Assistent

9-bo’lim

Bemor kuratsiyasi

8

Sh.F. Faxriddinova

Assistent

1-bo’lim

Bemor kuratsiyasi

Epidemiologiya kafedrasidagi professor-o'qituvchilarning maqolalari

NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle