Epidemiologiya kafedrasi
21.09.2023 2025-02-15 9:53Epidemiologiya kafedrasi
Kafedra xodimlari
Kafedra tarixi
Yuqumli kasalliklar kafedrasi Abu Ali ibn Sino nomli Buxoro tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor A.I. Moʼminovning 1993 yil 4-yanvardagi №1/03 buyrugʼiga asosan Buxoro viloyat bolalar yuqumli kasalliklar kasalxonasi xududida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib, tibbiyot fanlari nomzodi Abdurashid Raximovich Obloqulov tayinlangan. Assistentlar Arashova Gulnora Amirqulovna, Rajabov Fazliddin Fayzievich, klinik ordinatorlar Hamdamov S.S. va Botirova I.A. bilan ish faoliyatini boshlagan. 1997 yilda kafedra assistenti S.G. Xudoydodova 1999 yilda kafedra assistenti O.B. Rahmatov, 2003 yilda kafedra assistenti A.A.Toʼxtaev, 2006 yilda kafedra assistenti M.R.Mirzoeva nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishdi. 2005 yil 1 apreldan boshlab “Yuqumli kasalliklar, ftiziatriya va teri-tanosil kasalliklari” kafedrasi sifatida 2013 yil avgustigacha faoliyat koʼrsatgan boʼlsa, hozirda “Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiya” kafedrasi deb yuritilmoqda.
Kafedra mudiri А.R.Obloqulov Tibbiy pedagogika va OHI fakulьteti dekani lavozimiga oʼtganligi sababli 2019 yil avgust oyidan 2021 yil 10 yanvarigacha Mirzoeva M.R. kafedra mudiri vazifasida faoliyat koʼrsatgan.
2021 yil 10 yanvaridan t.f.d., professor А.R.Obloqulov Institut kengashi qaroriga muvofiq kafedra mudiri lavozimiga tanlov asosida saylangan.
2023yil 30 sentyabrdan Epidemiologiya kafedrasi alohida kafedra sifatida ajralib chiqdi va kafedra mudiri sifatida t.f.d., professor M.R.Mirzoyeva Institut kengashi qaroriga muvofiq saylangan.
Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar tibbiyot fanlari doktori, professor, 2 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, katta o’qituvchilari va 2 nafar assistentlar faoliyat koʼrsatmoqda.
Kafedra xodimlari faoliyatining davolash yoʼnalishi Viloyat yuqumli kasalliklari kasalxonasi va Buxoro viloyat Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatlik boshqarmasida amalga oshirilayapti.
Hozirda t.f.d., professor M.R.Mirzoeva, PhD., katta oʼqituvchilar N.Q.Hamidova, Z.D.Keldiyorova, assistentlar M.A.Igamova, SH.I.Raximov faoliyat koʼrsatayaptilar.
Mirzoyeva Mexriniso Rizoyevna 1992 yil II Toshkent davlat tibbiyot institutining Davolash fakultetini imtiyozli tugatdi. Shu yili yuqumli kasalliklar mutaxassisligi boʼyicha klinik ordinaturaga oʼqishga kirdi va shu yili klinik ordinaturani muvaffaqiyatli tugatib, assistent lavozimida ishladi. U 2004 yil tibbiyot fanlari bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va 2021 yilda dotsentlik ilmiy unvoniga sazovor boʼldi. 2022-yilda esa doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. M.R.Mirzoyeva 1992 yildan Аbu Аli ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiya kafedrasida faoliyat yuritdi. 2023-yil sentyabrdan esa epidemiologiya kafedrasi mudiri lavozimida ish olib boryapti.
Mirzoyeva Mexriniso Rizoyevna universitet, fakultet va kafedraning ijtimoiy jamoat ishlarida faol qatnashib, Xorij, Respublika va universitet miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda dolzarb muammolarga oid qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.
Mirzoyeva Mexriniso Rizoyevna bir nechta talabasi Respublika Talabalar Fan Olimpiadasida sovrinli o‘rinlarni olishga muvaffaq bo‘lgan. 2013 yil Vengriya malakasi oshirgan. 2017 yil aprel oyda Rossiyaning Sankt-Piterburg shahrida, may-iyun oylarida Qozog‘istoning Shimkent tibbiyot akademiyasida va Rossiyaning Boshqordiston Respublikasining UFA shahridagai tibbiyot universitetida ma’ruza o‘qib, akademik mobilik bilan ishtirok etdi. Mirzoyeva Mexriniso Rizoyevna Qozog‘istoning Shimkent tibbiyot akademiyasida va Rossiyaning Boshqordiston Respublikasining UFA shahridagai tibbiyot universitetlari bilan birgaliklarida xalqaro konfrensiya tashkil qilingan va shu oliygohlar bilan memorandium tuzgan.
O‘zbekiston Xalq Ta’limi Vazirligi Ilmiy-Texnik Hamkorlik bo‘limi madaniyat markazining 15 dan ortiq seminarlarida faol ishtirok etib, uning sertifikatlariga ega bo‘lgan.
Mirzoyeva Mexriniso Rizoyevna ish faoliyati davomida o‘zining intizomli, tirishqoq tadqiqotchi ekanligini ko‘rsatdi. U ilmiy tadqiqot ishiga jiddiy yondashadi, o‘z ustida tinimsiz ishlaydi, fan yangiliklari bilan muntazam tanishib boradi. Qolaversa, institut ilmiy hayotida va jamoatchilik ishlarida, tashkil qilinadigan ilmiy – nazariy seminarlarda faol ishtirok etadi.
Kafedra, fakultet, institut bo‘ylab o‘tkaziladigan barcha konkurslarga ishtirok etadi. 2014-2015 o‘quv yilida «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» tanlovida ishtirok etib institut miqiyosida faxrli 2-o‘rinni egallagan
Mirzoyeva Mexriniso Rizoyevna o‘z mutaxassisligi bo‘yicha institutdagi etakchi mutaxassislardan. U 10 ga yaqin o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning muallifi. M.R.Mirzoyeva tomonidan tayyorlangan monogarafiya hamda “Yuqumli kasalliklar” o‘quv-qo‘llanmasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muvofiqlashtiruvchi kengashining grifini olgan. Hozirda ushbu qo‘llanmalar chop etilib, o‘quv jarayoniga Respublika tibbiyot institutlarida tadbiq etilmoqda. Shuningdek, uning ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 100 dan ortiq ilmiy maqolalari xorij va mamlakatimizning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan.
40 dan ortiq bakalavr hamda magistr talabalarga ilmiy rahbarlik qilib, bakalavr hamda magistr talaba yoshlarga o‘zining bor bilim va ko‘nikmalarini dars davomida qo‘llab, kelajak avlodga yuqumli kasalliklar va yuqumli bo’lmagan kasalliklar fanlarini o‘rgatib, ularni tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Dars berish mobaynida u talabalar bilan darslarni interaktiv metodlar orqali va yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, mashg‘ulot olib boradi. Faoliyati davomida 100 dan ortiq Respublikamiz va xorij jurnallarida ilmiy maqolalar va tezislar, shulardan 1 ta darslik, 1 ta oʼquv qoʼllanma, 2 ta monografiya chop ettirgan.
O'quv - uslubiy ishlari
Kafedradagi amaliy mashg’ulotlar va o’quv jarayoni amaliy ko’nikmalar, o’quv materiallari va ko’rgazmali qurollar bilan boyitilgan. Kafedradagi talabalar amaliy mashg’ulotlarni Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi va Buxoro viloyat Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatlik boshqarmasi bazasida o’tishadi.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar
- Harbiy epidemiologiya;
- Epidemiologiya;
Kafedrada quyidagi yo’nalishlarning talabalari dars o’tishadi
5510100 – Davolash ishi;
5510200 – Pediatriya ishi;
5111000 – Kasbiy ta’lim;
5510400 – Stomatologiya;
5510300 – Tibbiy profilaktika ishi;
5511100 – Xalq tabobati.
Kafedrada «Epidemiologiya magistratura mutaxasisligi, «Epidemiologiya» ordinatura yo’nalishlari bo’yicha talabalar tahsil oladi. Ularga biriktirilgan professor- o’qituvchilarimiz dars o’tishadi. Magistratura rezidiyentlari va ordinatorlar o’qishdan tashqari, darsdan keyin yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida navbatchilikda turishadi.
Magistratura rezidiyentlari, ordinatorlar va bakalavriat talabalari Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasi bazasida joylashgan laboratoriyada turli xil laborator tekshirish usullarni o’rganishadi.
Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartiga koʻra “Pedagogika” va “Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohalarida oʻqitiladigan epidemiologiya fani inson faoliyatini oʻrganishga taaluqli boʻlgan yangi ilmiy bilimlar, uslub va usullar orqali aholi sogʻligʻini saqlash, boshqa somatik kasalliklardan farqli oʻlaroq, mikroblar taʼsiri natijasida kelib chiqqan kasallik bemordan atrofdagi sogʻlom odamlarga ham tarqalishi mumkin boʻlgan yuqumli kasalliklar va yuqumli bo’lmagan kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, tashhisoti, profilaktikasi va reabilitatsiyasini keng qamrovda oʻrgatadi hamda boʻlgʻusi umumiy amaliyot vrachlarida klinik fikrlash, kasallik va uning belgilarini asoslash uchun zamin yaratib beradi.
Fanning maqsad va vazifalari
Epidemiologiya fani boʻyicha asosiy nazariy bilimlarni oʻzlashtirish.
Epidemiologiya fani boʻyicha asosiy amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish.
Talabalariniepidemiologiyafanidan oʻqitish uchun qoʻllanailadigan asosiy printsiplarni oʻzlashtirish.
Fan boʻyicha talabalarning malakasiga qoʻyiladigan talablar.
Eng koʻp tarkalgan yuqumli kasalliklar va yuqumli bo’lmagan kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, profilaktika prinsiplari.
Bemor shikoyatlari, epidemiologik va klinik anamnez yigish.
Аkademik mobillik
Kafedrada professor-oʼqituvchilar oʼrtasida akademik mobillik yaxshi yoʼlga qoʼyilgan.
Kafedra mudiri professor M.R.Mirzoeva 2019 yil Boshqirdiston tibbiyot universitetida reja boʼyicha akademik mobillikni amalga oshirib, maʼruzalar oʼqib, amaliy mashgʼulotlar oʼtqazdi.
Kafedra Turkiyaning sog’lik bilimlar universiteti, Rossiya Federastiyasi Bashkiriya davlat tibbiyot universiteti, Qozog’iston Respublikasi Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi bilan ilmiy, amaliy va akademik aloqalar o’rnatilib faoliyat davom ettirilmoqda. Bashkiriya davlat tibbiyot instituti professori G.M. Xasanova, Rossiya Federastiyasi Ryazan davlat tibbiyot universiteti K.A.Ageeva tomonlaridan akademik almashinuv asosida seminar va mahorat darslari olib borilgan.
2023 yil 11-15dekabr oylarida akademik mobillik asosida kafedra professor o’qituvchilari Qozog’istonning Auzova nomli universitetida bo’lishdi.

Kafedra professor –o’qituvchilari Qozog’iston davlat Auzova universitetida akademik mobillikda

Kafedra professor –o’qituvchilari Qozog’iston davlat Auzova universitetida akademik mobillikda
Chop etilgan o’quv uslubiy qo’llanmalar soni 200 dan ortiq bo’lib, kafedrada oxirgi yillarda 10 tadan ortiq monografiya, o’quv qo’llanma darslik chop ettirilgan. Shu bilan birga kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “RF Boshkiriya” qo’shma grant tuzilib, ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “COVID-19” bo’yicha milliy qo’llanma va o’quv qo’llanma tuzilishda ishtirok etgan.
Ilmiy tadqiqot ishlari
Kafedra xodimlari tomonidan oxirgi yillarda respublika OAK ro’yxatiga kiritilgan jurnallarda 100 tadan ortiq ilmiy maqola, shu jumladan yuqori indekslangan xorijiy maqola, Scopus va Web of Science ro’yxatiga kiruvchi jurnallarda 20 dan ortiq maqolalar chop etilgan va American Journal of Medicine and Medical Sciences, America World Journal of Pharmaceutical Research, ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal Indiya, Rossiya Dostijeniya nauki i obrazovaniya, Bolgariya world journal of pharmaceutical research, Shvestiya World Journal of Pharmaceutical Research va boshqalar.
Kafedra katta o’qituvchisi N.Q.Hamidova “Bolalarda gimenolepidoz kechishining klinik-immunologik xususiyatlari” mavzusida dissertatsiya ishini yo’qladi.


Yana bir kafedra katta o’qituvchisi Z.D.Keldiyorova “Immunologik mezonlarni ishlab chiqish orqali bolalarda infeksion mononukleoz tashxisini optimallashtirish” mavzusida dissertatsiya ishini yo’qladi.
Kafedraning ilmiy yo’nalishi:
- Atrof muhit, yuqumli va parazitar kasalliklarning aholi salomatligiga ta’sirini o’rganish.
- Atrof muhit, yuqumli bo’lmagan kasalliklarning aholi salomatligiga ta’sirini o’rganishda zamonaviy tashxisot va profilaktika uslublarini tadbiq qilish.
Ilmiy yo’nalish asosida kafedra professor o’qituvchilari O’zEMYuKITI, TTA yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi va Viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasi bazalarida ilmiy izlanishlar, jumladan kasalxona shifokorlari kafedra professor-o’qituvchilari hamkorligida ilmiy kengashda tasdiqlangan ilmiy mavzular bo’yicha izlanishlar olib borilayapti.
2020 yil aprel oyida UzRSSV, Buxoro tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, hamda Yuqumli kasalliklar bo’yicha Evro-Osiyo jamiyati hamkorligida «Yuqumli kasalliklar va parazitar kasalliklarniing tashxisi, davosi va oldini olishining zamonaviy texnologiyalari» xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkillashtirildi va yuqori samarada o’tkazildi. Bundan tashqari, kafedra xodimlari Tojikiston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasida; Urganch, Xiva, Toshkent, Nukus, Andijon kabi shaharlarda bo’lib o’tgan konferentsiyalarda ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Kafedradagi intellektual mulk ob’ekti EHM uchun dasturlar; “koronovirus infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda yuqori nafas yo’llari yallig’lanish ko’rsatkichlarini aniqlash” Elektron darslik uchun27.05.2023 №DGU 26208,
“Koronovirus infeksiyasi bilan zararlangan homilador ayollarda klinik-immunologik ko’rsatkichlarini aniqlash” 26.05.2023 №DGU 26109
Monografiyalar




Mа’nаviy-mа’rifiy ishlаr


Yashil makon
epidemiologiya kafedrasi mudiri tfd prof M.R.Mirzoeva so’zi – respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” Umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo4ronlarining atrof-muhitga zararli ta’sirlarining oldini olish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O4gan davr mobaynida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 588 gektar “yashil bog‘lar”, 662 gektar “yashil jamoat parklari”, Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida jami 40 km masofada “yashil belbog4”lar barpo etildi.
Shu bilan birga, umummilliy loyihani samarali davom ettirish bugungi kunda kechiktirib boMmas choralami ko‘rishni talab etmoqda.
O’zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasini yanada ommalashtirish, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va ilg’or texnologiyalami keng joriy etish hamda “(Yzbekiston — 2030” strategiyasida belgiiangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda quyidagi qo’shimcha mexanizmlar amalga oshirildi:Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag4laming kamida 50 foizi “yashil bog4lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog’im” loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltirildi. Bunda aholi tashabbusi bilan “yashil bog’lar” va “yashil jamoat parklari’Yii tashkil qilish bo‘yicha maydon manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda tashabbus bildirildi.
EPIDEMIOLOGIYA kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Yashil makon umummilliy loyihasi” doirasida oziga biriktirilgan Rabotak MFY va M. Burxonov MFY lariga mevali va manzarali daraxtlar ekildi. doirasida Buxoro viloyat yukumli kasalliklar shifoxonasi
EPIDEMIOLOGIYA kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Yashil makon umummilliy loyihasi” davomida tabiatni asrab avaylash uchun yil davomida, atrof- muhit muhofazasi oyligida yil davomida faol qatnashishga kelishib olindi.
Tashkiliy ishlаr
Kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan oʼtkazilgan konferentsiyalar, mahorat darslari va seminarlar soni 100 dan ortiq boʼlib, har yili chet ellarda tashkil qilinayotgan anjumanlarga qatnashib turishibdi. Kafedra xodimlari Jahon Sogʼliqni Saqlash Tashkiloti Yevropa ittifoqi boʼlimi bilan hamkorlikda Oʼzbekistonda “Invaziv bakterial meningitlar tashxisotini takomillashtirish” loyihasi, “Diareya sindromi bilan kechuvchi yuqumli kasalliklarda zamonaviy tashxisot usullari” kabi loyihalarda faol ishtirok etishgan.
Bugungi kunda kafedra xodimlari tomonidan turli mavzularda ilmiy ishlar olib borilmoqda, “Parazitologiyaning dolzarb muammolari”, “Virusli infektsiyalarnni oʼrganishda yangi texnologiyalar” shular jumlasidandir.
Amaliy mashgʼulotlar davomida talabalar bilan tematik bemorlar nazorat qilinadi. Kafedra professor va dotsentlari shifoxona kafedralarida oʼtkaziladigan konsiliumlarda qatnashadilar. Shuningdek, xodimlar qabul boʼlimiga murojaat qilgan bemorlarga maslahat berishadi.
Kafedra professor-o’qituvchilarining davolash ishlari bo’yicha vazifalari
№ | FISH | Lavozim | Bo’limlar | Vazifasi |
1. | M.R. Mirzoyeva | Kaf. mudiri | Reanimatsiya 10-bo’lim 3-bo’lim | Maslahatchi |
2. | Z.D. Keldiyorova | Katta o’qituchi | 9-bo’lim 6-bo’lim | Maslahatchi |
3. | N.Q.Hamidova | Katta o’qituchi | 2-bo’lim 7-bo’lim | Maslahatchi |
4. | M.A.Igamova | Assistent | 3-bo’lim | Bemor kuratsiyasi |
5. | SH.I.Raximov | Assistent | 6-bo’lim | Bemor kuratsiyasi |
Epidemiologiya kafedrasidagi professor-o'qituvchilarning maqolalari
2. BOLALARDA ICHAK GELMINTOZLARINI ZAMONAVIY DAVOLASH
3. CLINICAL AND EPIDEMIOLOGICAL FEATURES OF THE
4. COVID-19 BILAN KASALXONAGA YOTQIZILGAN
5. COVID_19_БИЛАН_ЗАРАРЛАНГАН_ҲОМИЛАДОРЛАРДА
6. COVID_19_БИЛАН_ЗАРАРЛАНГАН_ҲОМИЛАДОРЛАРДА1
7. ICHAK IERSINIOZINING KLINIK
8. MODERN TREATMENT OF INTESTINAL HELMINTOS
9. OG’IR PNEVMONIYAGA SABABCHI LEGIONELLA
10. OPTIMIZATION OF MODERN THERAPY GIARDIASIS
11. OPTIMIZATION OF MODERN THERAPY GIARDIASIS1
12. OʻTKIR RESPIRATOR VIRUSLI INFEKSIYALAR
13. PARAZITAR KASALLIKLAR KLINIKO EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI
14. QIZAMIQ BILAN XASTALANGAN BEMORLARDA NAFAS
15. THE SPREAD OF
16. АНАЛИЗ КЛИНИКО-ИММУНОЛОГИЧЕСКИХ
17. БОЛАЛАРДА_ПАРАЗИТАР_КАСАЛЛИКЛАРИНИНГ_ЛЯМБЛИОЗ
18. БОЛАЛАРДА_ПАРАЗИТАР_КАСАЛЛИКЛАРИНИНГ_ЛЯМБЛИОЗ1
21. ИНФЕКЦИОН_МОНОНУКЛЕОЗ_БИЛАН_КАСАЛЛАНГ
23. ОСОБЕННОСТИ_ПЕРЕДАЧИ_ИНФЕКЦИОННОГО
24. ОСОБЕННОСТИ_ТЕЧЕНИЯ_КОРИ_У_ВЗРОСЛЫХ
25. ОССОБЕННОСТИ ТЕЧЕНИЕ TORCH-ИНФЕКЦ
26. РОЛЬ_ГЕЛЬМИНТНО_ПАРАЗИТАРНОЙ_СЕНСИБИЛИЗАЦИИ_В
27. СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ ЗАБОЛЕВАЕ
29. ТУҒМА ЦИТОМЕГА
31. КЛИНИКО-ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИ2
32. ОССОБЕННОСТИ ТЕЧЕНИЕ TORCH-ИНФЕКЦ2
33. РОЛЬ_ГЕЛЬМИНТНО_ПАРАЗИТАРНОЙ_СЕНСИБИЛИЗАЦИИ_В2
34. СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ ЗАБОЛЕВАЕ2
35. ТУҒМА ЦИТОМЕГА2
NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle