Tadbir haqida
2026-yilning 8-aprel kuni soat 14:00 da Buxoro davlat tibbiyot instituti Kampusining kichik majlislar zalida Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
14:00.02 – Morfologiya ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Fayzullaev Komiljon Nabijonovichning «Me’yorda va eksperimental o‘pka fibrozida prostata bezining morfometrik xususiyatlari» mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.
Ilmiy rahbar:
tibbiyot fanlari doktori, professor Teshayev Shuxrat Jumayevich
Taqrizchilar:
- Adilbekova Dilorom Baxtiyorovna – Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Odam anatomiyasi va OHTA kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori (DSc)
- Xasanova Dilnoza Axrorovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti, Anatomiya va klinik anatomiya (OHTA) kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori (DSc)
Zoom konferensiyasiga bog‘lanish:
https://zoom.us/j/93956115957?pwd=9Mey4Lp9sqWrqrba4g17mFFUIFBBkm.1
Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi
Ilmiy seminar raisi, DSc, professor M.R. Mirzoeva