Tadbir haqida
2026-yilning 16-aprel kuni soat 14:00 da Buxoro davlat tibbiyot instituti Kampusining kichik majlislar zalida Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
14:00.10 – Yuqumli kasalliklar ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Sadullayeva Rushana Sadullo qizining “Endokrinologik kasalliklari mavjud COVID-19 aniqlangan bemorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarining klinik-epidemiologik tavsifi (Buxoro viloyati)” mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.
Ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori, professor Mirzoyeva Mehriniso Rizoeyevna
Taqrizchilar:
- Obloqulov Abdurashid Raximovich – Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, professor, DSc
- Mirzajonova Donoxon Baxadirovna – Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi katta ilmiy xodimi, DSc
Zoom konferensiyasiga bog‘lanish:
https://zoom.us/j/97059139025?pwd=3Vx0bGiLBm4xhRkbpdmU2AI95Z8MaT.1
Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi, DSc, professor M.R. Mirzoyeva