Tadbir haqida
2026-yilning 16-aprel kuni soat 12:30 da Buxoro davlat tibbiyot instituti Kampusining kichik majlislar zalida Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
14:00.10 – Yuqumli kasalliklar ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Ergashov Maqsudjon Muzaffarovichning “SARS-CoV-2 bilan bog‘liq pnevmoniya istiqbolini belgilashda C-reaktiv oqsil, prokalsitonin va sitokinlarning ahamiyati” mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.
Ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori, professor Obloqulov Abdurashid Raximovich
Taqrizchilar:
- Mirzajonova Donoxon Baxadirovna – Respublika ixtisoslashgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
- Shadjaliylova Mukarram Salimjanovna – Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari, ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori (DSc)
Zoom konferensiyasiga bog‘lanish:
https://zoom.us/j/97059139025?pwd=3Vx0bGiLBm4xhRkbpdmU2AI95Z8MaT.1
Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi, DSc, professor M.R. Mirzoyeva