farmakologiya

Farmatsiya vaa farmakologiyaning zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari

Tadbir haqida

Tashkilotchilar

Xalqaro hamkorlar – Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya), S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog’iston), Janubiy Qozog’iston tibbiyot akademiyasi (Qozog’iston), Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston), B. Yeltsin nomidagi Qirgʻiziston-Rossiya Slavyan universiteti (Qirg’iziston) va Piza universiteti(Italiya).

АXBOROT XАTI

Hurmatli yosh olimlar, tadqiqotchilar va talabalar!

Sizni “Farmatsiya vaa farmakologiyaning zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida oʼtkaziladigan

I – Xalqaro yosh olimlar va talabalar olimpiadasida

ishtirok etishga taklif etamiz.

Olimpiada farmatsiya va farmakologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, innovatsion gʼoyalarni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Olimpiadaning asosiy yoʼnalishlari:

1. Zamonaviy farmakologiyaning dolzarb muammolari;

2. Yangi dori vositalarini yaratish va klinikagacha tadqiqotlar;

3. Dorivor oʼsimliklar asosida dori vositalarini ishlab chiqish;

4. Biotexnologiya, nanofarmatsiya va innovatsion dori shakllari;

5. Farmatsevtik taʼlim va amaliyotda raqamli texnologiyalar

O`tkazish tili: o`zbek, rus, ingliz

Olimpiada  gibrid (oflayn-onlayn) shaklida o`tkaziladi

O`tkazish vaqti: 2026- yil 19- 20 noyabr kunlari.

ISHTIROK ETISH QOIDALARI

Tibbiyot Oliy o`quv yurti talabalari o’qish sohasi va yiliga qarab olimpiadada ishtirok etishga taklif etiladi.

Olimpiadaning birinchi bosqichi(saralash bosqichi) talabalar o’rtasida har bir Oliy ta`lim muassasasi o`zidan tanlov qilib o’tkaziladi. Eng iqtidorli 3 tagacha ishtirokchi tanlab olinadi. Har bir ishtirokchi faqat bitta akademik yo’nalishni tanlashi mumkin.

Fan bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan Olimpiada ishtirokchilari va unga hamrohlik qiluvchi rahbarlar ro’yxati (1-ilovaga muvofiq) 2026-yil 1-noyabrgacha dilnavoz.yuldasheva@mail.ru; dilyafarma@mail.ru  manziliga yuborilishi kerak.

2-bosqich – Buxoro davlat tibbiyot institutida  oflayn-onlayn formatda olib boriladi.

Olimpiada quyidagi 4 ta konkursdan iborat boʼladi:

 I bosqich OTM jamoasining salomlashuvi (videorolik)

Videorolikda jamoa oʼz oliy taʼlim muassasasi hamda shahri haqida taqdimot qiladi.

Reglament: 10 daqiqa. Maksimal ball- 10 ball

Farmakologiya va farmatsiya fanlari boʼyicha olimpiada bosqichlari

Farmakologiya va farmatsiya sohasi boʼyicha olimpiada ishtirokchilarning nazariy bilimlari, amaliy koʼnikmalari hamda kasbiy tayyorgarligini baholash maqsadida quyidagi bosqichlarda oʼtkaziladi.

I bosqich – Test sinovi

Mazkur bosqichda ishtirokchilarning farmatsiya va farmakologiya  fanlari boʼyicha nazariy bilimlari test sinovi orqali baholanadi.

Test savollari dori vositalarining tasnifi, taʼsir mexanizmi, qoʼllanilishi, nojoʼya taʼsirlari va  farmasiya yo`nalishlariga oid boʼladi.

1.Fan boʼyicha savol – javob — maksimal 25 ball;

II bosqich – Og‘zaki so‘rov

Og‘zaki so‘rov bosqichida ishtirokchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi:

–  klinik-vaziyatli masalani yechish; Vaziyatli masalani yechish (1 ta masala) — maksimal- 25 ball;

III bosqich – Amaliy ko‘nikmalarni baholash

Ushbu bosqichda ishtirokchilarning dori vositalarini tayyorlash, saqlash, tavsiya etish hamda xavfsiz qo‘llash bo‘yicha; farmatsiya yo‘nalishi fanlari laboratoriya mashg‘ulotlari,  amaliy mahorati bo‘yicha baholanadi.Maksimal- 40 ball;

Yakuniy natijalar

Ishtirokchining barcha bosqichlarda to‘plagan balllari yig‘indisi asosida yakuniy natijalar aniqlanadi va g‘oliblar belgilanadi.

Olimpiada ishtirokchilari:

  • Oliy taʼlim muassasalari talabalari (2-5-kurs)

Olimpiada shakli:

  •  Test savollari
  • Nazariy topshiriqlar
  •  amaliy topshiriqlar

Ishtirok etish shartlari:

  • Ishtirokchilar elektron ro‘yxatdan o‘tishlari shart
  • Barcha materiallar belgilangan talablar asosida qabul qilinadi

Mukofotlash:

  • 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi
  • Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat beriladi

Tashkiliy qo‘mita raisi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot institut rektori Teshaev Shuhrat Jumaevich

Tashkiliy qo‘mita manzili: 200100, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro sh., G‘ijduvon ko‘chasi, 23-uy.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

Amonov Malik Mansurovich +998 50 752-13-18 

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor

Niyozov Laziz Nurxonovich +998 93 623-76-23

Farmakologiya kafedrasi

Yuldosheva Dilnavoz Xasanovna aloqa telefon, telegram +998 91 413-84-66

Sizni ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

ISHTIROK ETISH UCHUN ARIZA

Muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi (to’liq) 
Mamlakat, shahar, universitetning to’liq nomi, bo’lim 
Qatnashadigan yo`nalishi, kursi,fakul`tet 
Aloqa telefon raqami 
E-mail 
Ishtirok etish bo’limi 
Ishtirok etish shakli: Offline Online 

You must before register event.

Manzil

Website bsmi.uz