Tadbir haqida
Sizni 2026-yil 15-16-oktyabr kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tadigan“Biologiya va tibbiyot integratsiyasi: ta’lim, innovatsiya va sun’iy intellekt istiqbollari” mavzusida tashkil etilayotgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz.
Ilmiy-amaliy konferensiyada tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, tibbiyot OTMlarining professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda tegishli soha vakillarining ishtiroki kutilmoqda.
Ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi va vazifalari:
Biologiya va tibbiyot fanlarining integratsiyasi asosida zamonaviy ilmiy yutuqlar, innovatsion texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni muhokama qilish;
Ta’lim jarayonida biologiya va tibbiyot yo‘nalishlarida fanlararo yondashuvlar hamda raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalarini tahlil qilish;
Tibbiyot va biologiya sohalarida sun’iy intellektdan diagnostika, davolash, monitoring va prognozlash jarayonlarida foydalanish imkoniyatlarini aniqlash;
Fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini sog‘liqni saqlash va biotibbiyot amaliyotiga tatbiq etish yo‘llarini muhokama qilish;
Biologiya va tibbiyot sohalaridagi dolzarb muammolar hamda ularning ilmiy asoslangan yechimlarini aniqlash;
Yosh olimlar, tadqiqotchilar va talabalarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion tadqiqotlarga jalb etish va fanlararo hamkorlikni rivojlantirish.
Ilmiy-amaliy konferensiya quyidagi sho’balarda ish olib boradi:
1-sho‘ba:Biologiya va tibbiyot integratsiyasida tibbiy biologiyaning zamonaviy tendensiyalari, raqamli texnologiya va sun’iy intellektning samaradorligi
2-sho‘ba:Zamonaviy tibbiyotda tibbiy biologik va molekulyar-biologik tadqiqotlarning ahamiyati
3-sho‘ba: Xalq tabobatining biologik asoslari va uni fundamental hamda klinik tibbiyot bilan integratsiyasi
4-sho‘ba: Noinfeksion kasalliklar: biomeditsinal yondashuvlar va xalqaro hamjamiyat nuqtayi nazaridan ratsional yechimlar
15-oktabr (1-kun):
- Ochilish marosimi
- Yetakchi olimlar va soha mutaxassislari ma’ruzalari taqdim etiladi.
16- oktabr (2-kun):
- Sho‘balarda olimlar, talabalar hamda tegishli soha vakillarining ma’ruzalari ishtiroki va taqdimoti
Murojat uchun:
Manzil: Buxoro sh., Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
E-mail: [mamlakatm@mail.ru]
+998 91 413 49 05 Jabborova O.I.
+998 90 637 73 94 Jumayeva Sh.B.
+998 93 621 05 07 Mustafayeva M.I.
Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishingiz biz uchun katta sharafdir.
Hurmat bilan,
Tashkiliy qo‘mita
Ishtirok etish shartlari!
*Konferensiyada har bir tibbiyot universitetidan ma`ruza uchun 5 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin.
*Konferensiyada ishtirok etish uchun 2026-yil 10- sentyabrgacha (shu jumladan) elektron shaklda konferensiyada ishtirok etish uchun roʻyxatga olish kartasini – 1-ilovada koʻrsatilgan talablar asosida taqdim etish zarur.
*Ishtirok etish uchun ariza va maqolalar tashkiliy qo‘mitaga elektron shaklda (Word.rtf formatda birinchi muallifning familiyasi bilan, masalan, “Ashurova maqola.pdf”) quyidagi konferensiya sho‘balarining maqolalarini qabul qiluvchi ma’sullariga yuboriladi.
1-sho‘ba:Biologiya va tibbiyot integratsiyasida tibbiy biologiyaning zamonaviy tendensiyalari, raqamli texnologiya va sun’iy intellektning samaradorligi (Mirzoyeva Mahbuba Axtamovna, telegramm: +998 88 307 21 02)
2-sho‘ba:Zamonaviy tibbiyotda tibbiy biologik va molekulyar-biologik tadqiqotlarning ahamiyati (Mirzoyeva Mahbuba Axtamovna, telegramm: +998 88 307 21 02)
3-sho‘ba: Zamonaviy tibbiyotda tibbiy biologik va molekulyar-biologik tadqiqotlarning ahamiyati (Mirzoyeva Mahbuba Axtamovna, telegramm: +998 88 307 21 02)
4-sho‘ba: Noinfeksion kasalliklar: biomeditsinal yondashuvlar va xalqaro hamjamiyat nuqtayi nazaridan ratsional yechimlar (Mirzoyeva Mahbuba Axtamovna, telegramm: +998 88 307 21 02)
*Ma`ruza bilan qatnashayotgan ishtirokchilar o’z hisobotlarini Microsoft PowerPoint taqdimoti (ppt, pptx) ko’rinishida namoyish etishlari kerak.
* Ilmiy-amaliy konferensiyada tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, tibbiyot OTMlarining professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda tegishli soha vakillarining ishtirok etishlari mumkin.
*Ishtirokchilar yoshi chegaralanmagan.
*Konferensiyada ishtirok etish shaxsan amalga oshiriladi.
*Konferensiya tili: oʻzbek, rus va ingliz.
Materiallar Ilmiy-amaliy konferensiya to’plamida elektron shaklda chop etiladi.
Materiallarga qo’yiladigan talablar:
– Maqolalar 1.5-2 sahifadan oshmasligi kerak.
-Fayl turi Microsoft Word (doc, docx)
-A4 varaq formati
-Chegaralar Yuqori va pastki 2 sm, chap 3 sm, o’ng 1,5 sm
-Times New Roman shrifti
-Shrift hajmi 14
-Kengligi bo’yicha tekislash
-Paragrafning chekinishi 1,25 sm
-Satr oralig’i birlik
Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi konferensiya mavzusiga to‘g‘ri kelmaydigan, maqolani formatlash talablariga javob bermaydigan yoki to‘ldirilgan ariza shakliga ega bo‘lmagan materialni (maqola) texnik jihatdan tahrir qilish yoki rad etishga haqli.
*Ma`ruza muddati – 10 daqiqagacha.
Hakamlar hay’ati a’zolari kelishuviga ko‘ra har bir sho‘ba bo‘yicha konferensiya g‘oliblariga 1, 2, 3-darajali diplomlar topshiriladi.
2026-yil 10-sentyabrgacha taqdim etilgan ariza va maqolalar tashkiliy qo‘mita tomonidan qabul qilinadi, 2026-yil 10-sentyabrdan keyin konferensiya uchun kelgan hujjatlar va maqolalar qabul qilinmaydi.
Ro’yxatga olish kartasini qabul qilish uchun mas’ul:
- Mirzoyeva Mahbuba Axtamovna +998 88 307 21 02
- Bozorova Dilnoza Baxtiyorovna +998 88 868 22 52
- Elektron pochta: mamlakatm@mail.ru
RO’YXATGA OLISH KARTASI
| 1 | Muallifning FISh (to‘liq) | |
| 2 | Yoshi | |
| 3 | Ish joyi va lavozimi | |
| 4 | Ilmiy daraja va ilmiy unvoni | |
| 5 | Konferensiya sho’ba raqami | |
| 6 | Maqola nomi | |
| 7 | Ishtirok etish shakli: -Og’zaki taqdimot va nashr -Faqat nashr | |
| 8 | Mobil telefon raqami (Telegram va/yoki WhatsApp raqami, qayta aloqa uchun) | |
| 9 | E-mail: | |
| 10 | Shahar, davlat nomi |