Akademik mobillik va hamkorlik faoliyati

Akademik mobillik va hamkorlik faoliyati

Nefrologiya va gemodializ, fakultet va gospital terapiya kafedrasi professor o’qituvchilari, magistrlari va ordinatorlari respublika hamda nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillik yo’lga qo’yilgan

Kafedraning gemotologiya mutaxassisligi boʻyicha tahsil olayotgan magistrtalabasi Hamdamov Ixtiyor 2020-yilda JICA tashkiloti tomonidan tashkil etilgan grantni yutib olib Tokyo medical and dental university ga o’kishga kirishga muvaffaq bo’ldi.

Hozirda ushbu universitetda yuqumli bo’lmagan kasalliklarni erta aniqlash va davolash yo’nalishida universitetdagi professorlar hamda World Health organisation, Harvard university, John Hopkins university, Oklahoma university dagi professorlar hamda mutaxassislardan tahsil olib kelyapti.

        2021 yil 11-25 oktyabrgacha kafedra dosenti M.N. Ismatova va kata ssistant U.K. Abdullayeva Qozog’iston Respublikasi Al-Farobiy nomidagi Qozog’iston milliy universitetida akademik mobillikni o’tab kelishdi. Akademik mobillik doirasida dosent M.N. Ismatova va  kata assistant U.K. Abdullayeva «Ментальное здоровье и COVID-19» konferensiyasida ishtirok etishdi.

2021 yil 18-22 noyabrgacha Turkiyaning Sog’lik bilimlari universiteti professori Ali O’zdemir kafedra akademik mobillik loyihasu bo’yicha talabalarga ma’ruzalar va mahorat darslarini o’tkazdi.

Institutda moddiy texnik bazani mustahkamlash, o’quv jarayonida talabalarda amaliy ko’nikmalarni shakllantirishni yo’lga qo’yish maqsadida nufuzli xorijiy ta]lim muassasalaridan biri bo’lgan Turkiyaning Koch universiteti bazasi bilan tanishish va tajriba almashtirish maqsadida N.Sh. Axmedova tashrif buyurdi. U yerda gematologiya, klinik-laboratoriya va ichki kasalliklar yo’nalishida talabalarni amaliy bilimlarini mustahkamlashda qo’llaniladigan ta’lim usullari, moddit texnik bazasi va xorijiy ta’lim usullari bilan tanishib, ularni institutda yo’lga qo’yish rejalari tuzildi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti Nefrologiya va gemodializ, fakultet va gospital terapiya kafedrasi magistrlarining Yevropa Ittifoqi davlatlarining ERASMUS+  IHOD  loyihasi  doirasidagi  akademik mobilliggi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Nefrologiya va gemodializ, fakultet va gospital terapiya kafedrasi terapiya mutaxassisligi bo`yicha magistratura talabasi Giyosova Nigora Odiljonovna ERASMUS+IHOD loyihasi doirasida Irlandiyaning Dublin shahrida 4-noyabrdan 29-noyabrgacha bo`lib o`tgan talabalar akademik mobilligida ishtirok etdi. Akademik mobillik  University College Dublin universitetida tashkil etildi. Mobillik davomida Rossiyaning Kazan, Tomsk, Vladivostok, Vetnamning Hanoy va O`zbekistonning Toshkent va Buxoro viloyatlari Tibbiyot institutlaridan qatnashgan talabalar:

  1. Health Policy, Quality and Health Economics
  2. Global Health and Health Informatics
  3. Advanced Research Methods
  4. Bio-Statistics in Public Health
  5. Epidemiology of Chronic Disease
  6. Chronic disease Case Managment
  7. Leadership and Management Strategies
  8. Person-Centered Care
  9. Health Education and Promotion
  10. Practice Application
  11. Research Project – Applied to Practice

mavzularida mutaxassislardan ma`ruzalar tingladilar. O`qish davomida talabalar kichik guruhlarga ajratilib, har bir guruh o`zlariga berilgan mavzular bo`yicha kurs oxirida ma`ruza qilishdi. Kursni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar loyiha tomonidan sertifikat bilan taqdirlandilar.

Kafedra va viloyat hududidagi Peshku tumanida joylashgan Afshona tibbiyot kollejida o’quv va uslubiy ishlar doirasida hamkorlik o’rnatilgan. Hamkorlik doirasida ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlar o’tkazib kelinmoqda.