O’quv-uslubiy ishlari
29.12.2021 2022-04-30 10:24O’quv-uslubiy ishlari
Nefrologiya va gemodializ, fakultet va gospital terapiya kafedrasida davolash va tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va pediatriya yo`nalishlariga ichki kasalliklar va harbiy dala terapiyasi fanlari, Xalqaro fakultet talabalariga esa ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ fanlaridan ma`ruza, amaliy va klinik mashg`ulotlar malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
O`quv dasturi asosida kafedrada pulmonologiya, kardiologiya, gastroenerologiya, revmatologiya, nefrologiya va gemodializ bo`limlari bo`yicha mashg`ulotlar o`tiladi. Ma`ruza mashg`ulotlari malakali yetuk mutaxassislari tomonidan o`qiladi. Buxoro viloyat ko`p tarmoqli tibbiyotmarkazi bazasida pulmonologiya, allergologiya, kardiologiya, gastroenerologiya, revmatologiya, nefrologiya va gemodializ, endovaskulyar nurli tashxisot, rentgenologiya va funksional diagnostika bo`limlarida amaliy va klinik mashg`ulotlar olib boriladi.
Kafedrada barcha professor o`qituvchilar ichki kasalliklar yo`nalishi bo`yicha iqtidorli talabalar bilan faol shug`ullanib kelmoqdalar. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi tuzilgan, reja asosida har bir o`qituvchi talabalar bilan muntazam respublika va xorij miqyosidagi olimpiada va anjumanlarda ishtirok etib, faxrli o`rinlarni egallab kelmoqdalar.
Kafedra iqtidorli talabalari yutuqlaridan namunalar
Kafedrada 4 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta elektron darslik, 12 ta monografiya, 70 dan ortiq o‘quv uslubiy qo‘llanma, 12 ta EHM dasturga guvohnoma, 7 ta uslubiy tavsiyanoma o‘zbek-rus tillarida tayyorlanib, fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda foydalaniladi.