2026- yilning 21 – 22 fevral kunlari “Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya” kafedrasi tomonidan “AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYADA INNOVATSION YONDASHUVLAR VA MULTIDISTSIPLINAR INTEGRATSIYA” deb nomlangan konferensiya tashkillashtirildi. Bu konferensiya doirasida turli davlatlardan mehmonlar tashrif buyurdilar. Jumladan Viktor Evseevich Radzinskiy – Rossiya Federatsiyasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya akusher-ginekologlar jamiyati vitse-prezidenti, reproduktiv tibbiyot mutaxassislarining fanlararo assotsiatsiyasi (MARS) prezidenti, Patris Lulumba nomidagi Rossiya Xalqlar do’stligi universiteti akusherlik- ginekologiya va perinatologiya kafedrasi mudiri.
Shmakov Roman Georgievich, tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining professori, V.I. Krasnopolskiy nomidagi Moskva viloyati akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti, M.F. Vladimirskiy nomidagi Moskva viloyat akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institute
Xodjayeva Zulfiya Sagdullayevna – Rossiya Federatsiyasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi. Akademik V.I.Kulakov nomidagi Milliy akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot markazi Akusherlik instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor.Rossiya akusherlik va ginekologlar assotsiatsiyasi boshqaruvi a’zosi, homiladorlikdagi gipertenziv holatlarni o’rganish bo’yicha xalqaro ilmiy qo’mita (ISSHP) a’zosi, Erta tug’ilish (Prebic) bo’yicha xalqaro ishchi guruhi a’zosi, homiladorlikdagi giperglikemiya bo’yicha FIGO ishchi guruhi a’zosi.
Pyregov Aleksey Viktorovich – tibbiyot fanlari doktori, professor. Moskva viloyati davlat byudjeti sog’liqni saqlash muassasasi, Akademik V.I. Krasnopolskiy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti Bolalar anesteziologiya va reanimatsiya bo’yicha direktor o’rinbosari. Sog’liqni saqlash vazirligi Moskva viloyati anesteziologiya, reanimatsiya bo’limi boshlig’i; Tibbiyot mutaxassislarining malakasini oshirish instituti anesteziologiya va reanimatsiya kafedrasi professori.
Startseva Nadejda Mixaylovna – tibbiyot fanlari doktori, Patris Lulumba nomidagi Xalqlar do’stligi universiteti akusherlik-ginekologiya va perinatologiya kafedrasi professori.
Shalina,Raisa Ivanovna – tibbiyot fanlari doktori, Pirogov universiteti akad. G.M. Savelyeva nomidagi akusherlik va ginekologiya kafedrasi; Rossiya Federatsiyasining xizmat ko’rsatgan shifokori;
Fatkullin Ildar Faridovich – tibbiyot fanlari doktori, professor, Tatariston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi. Tatariston akusher-ginekologlar jamiyati raisi. Volga federal okrugida Rossiya Sog’liqni saqlash vazirligining akusherlik va ginekologiya bo’yicha bosh mutaxassisi.
Kiryushchenkov Petr Alekseevich – tibbiyot fanlari doktori, professor, akusher-ginekolog, gemostaziolog
Zazerskaya Irina Yevgen’evna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri. V.A. Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot Markazi. Rossiya
Ivanova Oksana Yur’yevna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Kursk davlat tibbiyot universiteti akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri
Ryazanova Oksana Vladimirovna – tibbiyot fanlari doktori, V.I.Vernadskiy nomidagi Qozon federal universiteti S.I.Georgievskiy nomidagi Mehnat Qizil Bayroq ordeni anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiy yordam kafedrasi professori. Sankt-Peterburgdagi 1-sonli shahar perinatal markazi anesteziologiya va reanimatsiya bo’limi mudiri
Dikareva Lyudmila Vasil’evna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Astraxan davlat tibbiyot universiteti pediatriya fakulteti akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri
Dolgina Irina Ivanovna – tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vazirligining Kursk davlat tibbiyot universiteti Federal akkreditatsiya markazi Rahbari. Rossiya, Kursk
Spiridonov Dmitriy Sergeevich – tibbiyot fanlari nomzodi, akad. G.M. Savelyeva nomidagi akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti. Pirogov universiteti
Bishekova Balzira Nagashybaevna – PhD, S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti professori.
Salimbaeva Damilya Nurgazyevna – tibbiyot fanlari markazi, dotsent, Respublika akusherlik-ginekologiya va perinatologiya ilmiy “Strategik rivojlanish va fan” bo’limi boshlig’i. Qozog’iston, Olmaota
Muslimova Sofya Yuryevna – tibbiyot fanlari doktori, Boshqird davlat tibbiyot instituti 1-sonli akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti.
Zulkarneeva Elmira Maratovna – tibbiyot fanlari nomzodi, Boshqird davlat tibbiyot instituti 1-sonli akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti.
Xalilov Namik Javansher o‘g‘li – tibbiyot fanlari nomzodi, Ozarbayjon tibbiyot universiteti bolalar xirurgiyasi kafedrasi dotsenti Ozarbayjon, Boku
Amirova Mehriban Javashir qizi – Ozarbayjon Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona gospitali akusherlik va ginekologiya bo‘limi akusher-ginekologi, tibbiyot fanlari nomzodi