Patologik fiziologiya kafedrasi tarixi
16.12.2021 2022-03-31 9:09Patologik fiziologiya kafedrasi tarixi
Kafedraning tashkil etilishi va faoliyati
Kafedra Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining birinchi rektori, professor A.I. Mo’minov tomonidan chiqarilgan 1990 yilning 30 oktyabridagi № 4/7-sonli buyruq asosida tashkil etildi. Kafedra mudiri etib o’sha paytda Buxoro Pedagogika institutida ishlab kelgan b.f.n., dotsent, Ato Boltaevich Boltaev tayinlandi.
1993-yil oktyabr oyida institut rektori taklifi bilan kafedraga t.f.n., dotsent, Usmonova Roziya Abduraxmanovna taklif etilgan va kafedra T.f.n., dotsent Usomonova Roziya Abduraxmanovna mudiri etib tayinlangan.
R.A Usmonovaning yangi kafedra mudiri etib tayinlanishi kafedra tarixida yorkin saxifalar ochilishiga sababchi bo’lgan. Bu davr kafedraning ilmiy faoliyatida samarali yutuqlarga erishilgan davr bo’ldi. Kafedrada 6 ta nomzodlik ximoyasi amalga oshirildi, o’quv ishlariga ham katta etibor qaratildi va kafedra tajriba o’tkazish uchun kerak bo’ladigan anjomlar bilan boyitildi. 1999-yilda bir nechta talabalar Andijon shahrida o’tkazilgan respublika fan olimpiadalarida qatnashib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan. Usmonova taklif etilgan va kafedra mudiri etib tayinlangan. R.A Usmonova 1993-2005 yillargacha kafedra mudiri sifatida faoliyat ko’rsatdi.
2005-yilda Fiziologiya kafedrasi va Patologik fiziologiya kafedrasi birlashtirildi, «Fiziologiya va Patologik fiziologiya kafedrasi» deb yuritila boshlandi va t.f.n. Hasanov Baxtiyor Burxanovich kafedra mudiri etib tayinlandi.
2012-2015 yillar mobaynida kafedra mudiri lavozimiga b.f.n. Sodiqov Iskandar Shavkievich tayinlandi. Ushbu vaqt mobaynida multimediyalar yaratildi va qator ilmiy makolalar chop etildi. Bu davrda kafedra uchun aloxida laboratoriya xonasi mavjud emasligi sababli, Viloyat Onkologiya Dispantseri va VKTTM bilan shartnomalar tuzildi va talabalarga laboratoriya ishlari bajarib ko’rsatildi. 2015-yilda Fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi Farmakalogiya kafedrasi tarkibiga qo’shildi va kafedra mudiri lavozimiga tibbiyot fanlari nomzodi O.M. Ernazarov tayinlandi. 2017-yil Fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi alohida kafedra bo’lib ajralib chiqdi va b.f.n. I.Sh. Sodiqov fiziologiya kafedrasi mudiri etib tayinlandi.
2016-2018 yillar mobaynida kafedra mudiri lavozimiga b.f.n Komilova Baxmal Odilovna tayinlandi. Ushbu vaqt mobaynida multimediyalar yaratildi va qator ilmiy makolalar chop etildi.
Kafedra Аbu ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining birinchi rektori, professor А.I.Moʼminov tomonidan chiqarilgan 1990 yilning 30 oktyabridagi № 4/7-sonli buyruqqa asosan “Normal va Patologik fiziologiya” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. 2006 –yilda “Patologik anatomiya” va ва “Patologik fiziologiya” kafedralari ikkiga ajralib, “Patologik fiziologiya” kafedrasi “Normal fiziologiya” kafedrasi bilan birlashib, 2019-yil sentyabr oyidan Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori А.Sh. Inoyatov buyrugʼiga binoan, alohida “Patologik fiziologiya” kafedrasi sifatida ajralib chiqdi va dots. Abdullayeva Muslima Axatovna kafedra mudiri etib tayinlandi.
Tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Abdullayeva Muslima Axatovna 1971-yil 6-aprelda Buxoro shaxrida tugʼilgan.1989-yil Samarqand tibbiyot insititutiga o’qishga kirib,1994-yil tamomlagan.2020-yil avgust oyida dotsentlik darajasiga erishgan.Xozirgi kunda kafedrada t.f.n.,U.R To’rayev., J.J Baxronov.,N.Q Xamidova., L.V Qodirova., O’.O Navruzova.,M.A Negmatullayeva.,D.S Qosimova.,G.SH Raximovalar faoliyat ko’rsatib kelyabdilar.
1994-1995 yilda Buxoro viloyat klinik kasalxonasida internaturani gematologiya yo’nalishi bo’yicha o’tgan. 2019-yil 5-iyulda nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi. 2020-yil avgust oyidan dotsentlik ilmiy darajasiga erishgan. 2019-yil sentyabr oyidan “Patologik fiziologiya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
2019-yil fevral oyida kafedra mudiri M.A Abdullayeva AL-Farobiy nomidagi Qozog’iston Unversitetida patologiya yo’nalishi bo’yicha malaka oshirib va tajriba almashish borasida amaliyot o’tib, sertifikat bilan taqdirlandi.Buxoro davlat tibbiyot insitituti Tibbiy pedagogika va OXI fakulteti dekani t.f.d.,professor A.R Obloqulov, Patologik fiziologiya kafedrasi mudiri M.A Abdullayeva, Umumiy gigiyena va ekologiya o’qituvchilari Z.J Jumayeva, А.А Jumayevalar 10-fevraldan 22-fevralgacha “akademik mobillik”dasturi bo’yicha Al-Farobiy nomidagi Qozog’iston Unversitetida bo’lishdi. Akademik mobillik dasturi davomida biz unversitetning tibbiyot va sog’liqni saqlash, jamoat salomatligini oliy maktabida bo’ldilar. (fakultet dekani t.f.d.,professor J.A Kalmatayeva ).
Fakultetda xalqaro standartlar va yangi ilmiy yutuqlar asosida ta’limning barcha dasturi bo’yicha bakalavriyat va internatura bo’yicha tibbiy kadrlar tayyorlanmoqda.
Fakultet tarkibida 2 ta maktab faoliyat olib bormoqda:jamoat salomatligi va tibbiy oliy maktabi xamda “Innovatsion sog’liqni saqlash ”ilmiy amaliy markazi.
AL-Farobiy nomidagi Qozog’iston Unversitetida ulkan ta’lim, ilmiy va infrastruktura resurslariga boy bo’lgan 2 ta xusisiy klinik boy bo’lgan 2 ta xususiy klinik bazaga ega:klinik-diagnostik markaz,1-shaxar klinik kasalxonasi, shaxar bolalar kasalxonalari bo’lib, ularning tarkibida klinik kafedralar.
Bizni AL-Farobiy nomidagi Qozog’iston Unversitetida ilmiy kutubxonasi faoliyati bilan tanishtirishdi. Kutubxona Unversitetning axborot ta’lim va madaniyat markazi bo’lib, sifatli ta’lim olishini va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda kitob fondi va zamonaviy elektron sifatli olishini va yuqori malakali mutaxassislarni tayyoshda kitob fondi va zamonaviy elektron resurslardan foydalanish jixatidan universitetning ta’lim dasturini targ’ibot qiladi. Kutubxonaning 1-qavatida X- asrning ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan faylasuf, ensiklopedist olim Abu Nasr Al-Farobiy at Turkning xayoti va faoliyatiga bag’ishlangan muzey faoliyat yuritadi.
O’qituvchilarimiz «Akademik mobillik» asosida “klinik fanlarni o’qitishda intllekt- karta” usulidan foydalanish, “Amaliy mashgulotlarda «Sinkveyn» usulidan foydalanish, «Аssesmen», ва “SWOT- таҳлил” usullaridan foydalanish bo’yicha master klass o’tkaziladi.
Talabalar va internalarga amaliy mashg’ulotlar,seminar va ma’ruza mashg’ulotlari o’tkazishdi. Talabalar juda yuqori qiziquvchanlik bilan ma’ruzalarni eshitishdi va amaliy mashg’ulotda jonli mashg’ulotlarda jonli munozora olib borishdi.