Kafedra tarixi

“Umumiy xirurgiya” kafedrasi 1991 yil fevral oyida Buxoro davlat tibbiyot institutining rektori buyrug’iga asosan viloyat kasalxonasida tashkil etildi. Kafedraning tashkil etilishi tibbiyot fanlari doktori, professor B.R. Bobojonovning say-harakatlari bilan bevosita bogliqdir. Kafedra o`z faoliyatini 1991-1992 o`quv yillarida viloyat kasalxonasi bazasida boshlagan. 1992 yil avgust oyidan institut Rektorining buyrug’i bilan kafedra Buxoro shahar kasalxonasiga ko`chirildi va shu joyda 1992-1994 o`quv yillari davomida o`z faoliyatini olib bordi.

1994 yil avgust oyida yana institut Rektorining buyrug’iga binoan, kafedra hozirda Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi kasalxonasiga ko`chirildi va hozirgacha shu bazada o`z faoliyatini davom ettiryapti.

Manzil: Alpomish kuchasi, 5- bino.

Kafedra tashkil topgandan hozirga qadar 31 ta professor o`qituvchi kafedrada faoliyat ko`rsatishdi. Hozirgi kunda kafedrada: Kafedra mudiri t.f.n. O.M.Qurbonov (2018yildan buyon), t.f.d. professor B.B. Safoev (2014 yildan buyon), -katta assistent A.Э. Ruziev (1993 yildan buyon), o’quv ishlariga mutasaddi assistent M.S.Sharopova (1995 yildan buyon) t.f.n., assistent U.B.Ochilov (2015 yildan buyon), t.f.n., assistant Muxammadiev I.Sh. (2019 yildan sentyabr oyidan buyon) assistent Sh.Sh.Yarikulov (2015 yildan buyon) assistent T.Sh. Boltaev (2016 yildan fevral oyidan buyon) assistent Xasanov A.K. va Raximov A.Ya. (2017 yildan sentyabr oyidan buyon), assistenti Raxmatov Sh.Sh.va Ikromov ov T.S. (2019 yildan sentyabr oyidan buyon), xona mudirasi Qalandarova F.A. 2019 yildan buyon faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar.

2017 yil dekabr oyidan boshlab hozirgi kungacha kafedrani dosent Qurbonov Obid Maxsudovich boshqarib kelmoqda.