Pediatriya ishi yo’nalishi 2016-2017 o`quv yilida pediatriya va davolash ishi fakulteti tarkibida ochilgan. 2017-2021 yillarda pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va xalq tabobati fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan. 2021 yil 27 avgustda institut kengashining 1-son yig’ilish bayonnomasi va institut rektorining 2021 yil 30 avgustdagi buyrug’iga asosan tashkil etildi. Fakultetda pediatriya ishi yo’nalishi bo’yicha talabalar tahsil oladi. Fakultetda o’qitilayotgan talabalar soni 731 nafarni tashkil qiladi. Fakultetda 263 nafar talaba davlat granti asosida, 468 nafari shartnoma asosida tahsil olmoqda.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratib berish maqsadida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga katta ahamiyat beradi. Ta’lim-tarbiya jarayoni, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar faoliyatining o‘zaro hamjihatligidan iboratdir. Ta’lim-tarbiya jarayoni har bir insonning faqatgina bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirib qolmasdan, balki tarbiyalanuvchi shaxsiga kompleks ravishda ta’sir etuvchi ijtimoiy muhit doirasida amalga oshadi. Bunday jarayonni talab darajasida amalga oshishida murabbiylar, hamda o‘qituvchilarning roli beqiyosdir.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar talabalar o‘rtasida doimiy ravishda reja asosida o‘tkazildi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning bosh maqsadi yoshlarni istiqlol, ma’naviy vatanparvarlik mafkurasi asosida tarbiyalash mustaqil yurtga, uning tarixi, madaniyati, boy ma’naviy-ma’rifiy merosiga sodiqlik, g‘urur, e’tiqod hislarini shakllantirishdan iboratdir.
Asosiy e’tibor zukko, tashabbuskor, jahon andozalari talablariga javob bera oladigan ma’naviy barkamol, siyosiy yetuk, ijtimoiy omillarning tub mohiyatini tushunadigan, jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiladigan har qanday yot unsurlarga, salbiy illatlarga qaqshatgich zarba bera oladigan malakali shifokorlarni tayyorlashga qaratiladi. Mana shu yo‘nalishdagi mavzularga oid talaba yoshlar o‘rtasida g‘oyaviy, siyosiy, ma’naviy, mafkuraviy suhbatlar talabalar o‘rtasida olib borildi. Fakultetning har bir kursi kesimida 1-2-3 kurs talabalariga tyutor biriktirilgan boʼlib, ular tajribali pedagoglardan tanlangan. Fakultet talabalari boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, tyutorlar rahbarligida jamoat tadbirlarida, havaskorlik tashabbuslariga jalb etiladi. Respublikaning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga va tarixiy yodgorliklari, teatr va muzeylarga tashrif buyurishadi.
Fakultet talabalari Respublika va xalqaro miqiyosida oʼtkaziladigan turli ijodiy konkurslarda qatnashib kelishmoqda. Fakultetda jismoniy tarbiya va sportga katta eʼtibor berilmoqda. Fakultet talabalari institutimiz sport kompleksi bazasida faoliyat koʼrsatayotgan tennis, shaxmat, futbol, basketbol, volleybol, milliy kurash, sharq yakkakurashi, yengil atletika sektsiyalariga qatnashadilar. Ular hududiy va Respublika miqiyosidagi sport musobaqalarida ham faol qatnashib, munosib o‘rinlarni egallashdi. Taqdirlash marosimidan lavhalar.
Fakultetda «Pediatriya ishi» 1-2 kurslar uchun – 60910300, 3-4-5-6 kurslar uchun – 5510200 yo’nalishi bo’yicha «umumiy pediatr shifokori» tayyorlanadi. Fakultetda o‘qish muddati 6 yilni tashkil qiladi. Fakultetda o’qitilayotgan talabalar soni 731 nafar, shundan 16 nafar xorijiy talaba. Fakultetda 263 nafar talaba davlat granti asosida, 468 nafari shartnoma asosida tahsil olmoqda.
Pediatriya fakultetida Respublikaning barcha viloyatlaridan talabalar ta’lim olishadi. Bundan tashqari xorij davlatlari va MXD talabalari ham tahsil olmoqda. Fakultetda talabalar kontingentining salmog’i oshib bormoqda.
Viloyatlardan kelgan talabalarining 6 yillik harakati.
№ | Viloyatlar nomi | 2016-2017 o‘quv yili | 2017-2018 o‘quv yili | 2018-2019 o‘quv yili | 2019-2020 o‘quv yili | 2020-2021 o‘quv yili | 2021-2022 o‘quv yili |
1 | KKR | – | – |
| 1 | 4 | 1 |
2 | Andijon viloyati | – | – | – | – | – | 2 |
3 | Buxoro viloyati | 26 | 30 | 68 | 86 | 78 | 130 |
4 | Jizzax viloyati | – | – | – | – | – | – |
5 | Qashqadaryo viloyati | 3 |
| 3 | 3 | – | – |
6 | Navoiy viloyati | 1 | 12 | 16 | 6 | 32 | 3 |
7 | Namangan viloyati | – | – | – | – | – | 2 |
8 | Samarqand viloyati | – | – | 2 |
| 4 | 6 |
9 | Sirdaryo viloyati | – | – | – | – | – | – |
10 | Surxandaryo viloyati | 2 | – | – | – | – | – |
11 | Toshkent viloyati | – | – | – | – | – | – |
12 | Toshkent shahar | – | – | 1 | 2 | – | – |
13 | Farg‘ona viloyati | – | – | – | – | 2 | 1 |
14 | Xorazm viloyati | – | – | – | – | – | – |
Xorij talabalarining 5 yillik harakati.
№ | Xorij davlatlar | 2016-2017 o‘quv yili | 2017-2018 o‘quv yili | 2018-2019 o‘quv yili | 2019-2020 o‘quv yili | 2020-2021 o‘quv yili | 2021-2022 o‘quv yili |
1 | Turkmaniston | – | – | 16 | – | – | – |
Pediatriya fakultetida 2017-2022 yillar davomida 731 nafar talaba qabul qilingan.
Pediatriya fakulteti ilmiy kengash tarkibiga 13 nafar professor- o’qituvchilar, kasaba uyushmasi raisi, institut yoshlar yetakchisi va 4 nafar talabalar kiritilgan bo’lib, Ilmiy kengashning tasdiqlangan ish rejasi asosida xar oyda bir marotaba faoliyat olib boradi. Ilmiy kengashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmonlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘likni saqlash vazirligining hamda institutning ichki buyruqlarini bajarilishi muhokama qilib boriladi. Fakultetning ilmiy kengashida kafedralardagi o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy, yoshlar ishlari va davolash ishlarining borishi, interaktiv usullardan foydalanish darajasi tahlil qilinib, kamchiliklar tuzatilib, qilinishi kerak bo‘lgan ishlarning chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
FAKUL’TET ILMIY KENGASHI TARKIBI
№ | F.I.O | Lavozimi |
1 | D.N.Achilova | Kengash raisi, fakultet dekani |
2 | S.S.Davlatov | Ta’lim sifati bo‘limi boshlig‘i, rais o‘rinbosari |
3 |
| O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari |
4 |
| O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari |
5 | S.Y. Gadoyeva | Ilmiy kotib |
6 | M.R.Turdiyev | O‘quv bo‘limi boshlig‘i |
7 | D.X.Yuldasheva | Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri |
8 | R.R.Baymuradov | Anatomiya va klinik anatomiya ( OXTA) kafedrasi mudiri |
9 | Sh.I.Navro`zova | Pediatriya kafedrasi mudiri |
10 | Sh.T.Muxammedova | Bolalar kasalliklari propedivtikasi va bolalar nevrologiyasi kafedrasi mudiri |
11 | F.S.Raupov | Bolalar xirurgiyasi, neyroxirurgiyasi, anestiziologiya va reanimatsiya kafedrasi mudiri |
12 | O.B.Raxmatov | Dermatovenerologiya va bolalar dermatovenerologiyasi kafedrasi mudiri |
13 | A.R.Obloqulov | Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiyasi kafedrasi mudiri |
Insonlar orasida shunday gap yuradi: “Kishining tashqi ko‘rinishi muhim emas, qalbi pok, iymonli bo‘lsa bas”. Albatta bu fikr mutlaqo to‘g‘ri. Bu fikrdan tushunamizki, insonning libosi eski yoki yangi, qimmatbaho yoki arzonligida emas, balki qalbining pokligi, ko‘nglining ma’nan boyligidadir.
Buyuk mutafakkir Аlisher Navoiy bobomiz oʼzining taʼlim-tarbiya, odob-axloqqa doir “Hayrat ul abror” asarida ham kishilarni zebu ziynatlar, molu dunyo emas, balki aql-idrok, sharmu hayo bezaydi, deb bejiz keng qamrovli fikr yuritmagan. Zero, har bir millat oʼziga xos kiyinish madaniyatiga, milliy urf-odati va qadriyatlariga ega. Bizni ruhlantiradigan oʼziga xos qadru qiymat ham mana shunda. Chunki dunyoning qaysi mintaqasida boʼlmasin, oʼzbek milliy liboslari sharqona nafisligi, rangin jilodorligi, betakror milliy xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
29.10.2021 yil sanasida Pediatriya fakulteti talaba yoshlari bilan “Milliy liboslarimiz-millatimiz g’ururi” mavzusida bo’lib o’tgan davra suhbatida talaba qizlarga kiyinish madaniyati, libos odoblari jamiyatdagi dolzarb muammo ekani hech kimga sir emasligi, kimdir bu muammoga beparvo bo‘lsa, yana kimdir unga echim izlayotgayotgani aytib o’tildi. Bu muammoga avvalo ota-ona, o‘qituvchi, mahalla, ommaviy axborot vositalari va hatto davlat miqiyosida qarshi kurashilmasa, oxir-oqibat davlatimiz, jamiyatimiz va millatimizga katta zarar bo‘ladi. Bu zarar ham moddiy ham ma’naviy bo‘lishi mumkin. Bu zararlarning oldini olish uchun barcha barobar harakat qilmog‘i zarur. Insonning kiyinishi uning ichki dunyosining qanday ekanidan dalolat beradi, chunki libos ma’naviyat ko‘zgusidir.
Mazkur davra suhbatida milliy liboslarimizning ana shu jihatlari koʼp bor eʼtirof etildi. Yoshlarimiz bunga katta eʼtibor berishi kerakligi taʼkidlanib, bu borada oʼzaro fikr almashildi.
Talabalarimiz milliy liboslar namoyishi bilan birgalikda liboslar tarixi va qulayliklari to‘g‘risida ma’lumotlar ham berdilar. Tadbir qatnashchilariga yanada a’lo kayfiyat ulashish maqsadida milliy kuy-qo‘shiqlar va laparlar ijro etildi.
Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilgani bejiz emas. Chunki Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda esa bu borada bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot hamda ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz. Davlatimiz rahbari har doim loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik nazorati yetishmayotganini, shuningdek, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratib, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi uzviylikni ayni joylarda boshlash zarurligini qayd etadilar.
Ma’naviyat – ko‘zgu, shu haqiqatni chuqur anglasakkina, atrofimizdagilarga singdira olsakkina, davlatimiz rahbari ta’kidlagan vazifalarni bajarishga sidqidildan yondashgan bo‘lamiz.
11.11.2021 yil sanasida Buxoro davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti dekani D.N.Achilova, yoshlar masalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini M.M.Yuldasheva, o’quv ishlari bo‘yicha dekan muovini hamda tyutor N.S.Xadjayevlar “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Buxoro shahrida joylashgan “Furqat” mahallasiga tashrif buyurdilar va ularga biriktiriladigan ziyoli professor o’qituvchilar bilan qanday ish tashkil qilish, ularga qanday ko‘mak berish, ulardan qanday yordam olish, ularning mahalla nufuzini ko‘tarishda qay darajada faol bo‘lishlari masalalarini muhokama qildilar.
Suhbatdan so’ng Buxoro davlat tibbiyot instituti ziyolilari “Yurtimizni obod va yashil hududga aylantiramiz!” shiori ostida daraxt ekish “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida mahallaning binosi hududiga sosna va chinni gujum daraxtlari nihollarini o’tqazib, mahallani obodonlashnirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Insonlar orasida shunday gap yuradi: “Kishining tashqi ko‘rinishi muhim emas, qalbi pok, iymonli bo‘lsa bas”. Albatta bu fikr mutlaqo to‘g‘ri. Bu fikrdan tushunamizki, insonning libosi eski yoki yangi, qimmatbaho yoki arzonligida emas, balki qalbining pokligi, ko‘nglining ma’nan boyligidadir.
Buyuk mutafakkir Аlisher Navoiy bobomiz oʼzining taʼlim-tarbiya, odob-axloqqa doir “Hayrat ul abror” asarida ham kishilarni zebu ziynatlar, molu dunyo emas, balki aql-idrok, sharmu hayo bezaydi, deb bejiz keng qamrovli fikr yuritmagan. Zero, har bir millat oʼziga xos kiyinish madaniyatiga, milliy urf-odati va qadriyatlariga ega. Bizni ruhlantiradigan oʼziga xos qadru qiymat ham mana shunda. Chunki dunyoning qaysi mintaqasida boʼlmasin, oʼzbek milliy liboslari sharqona nafisligi, rangin jilodorligi, betakror milliy xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
29.10.2021 yil sanasida Pediatriya fakulteti talaba yoshlari bilan “Milliy liboslarimiz-millatimiz g’ururi” mavzusida bo’lib o’tgan davra suhbatida talaba qizlarga kiyinish madaniyati, libos odoblari jamiyatdagi dolzarb muammo ekani hech kimga sir emasligi, kimdir bu muammoga beparvo bo‘lsa, yana kimdir unga echim izlayotgayotgani aytib o’tildi. Bu muammoga avvalo ota-ona, o‘qituvchi, mahalla, ommaviy axborot vositalari va hatto davlat miqiyosida qarshi kurashilmasa, oxir-oqibat davlatimiz, jamiyatimiz va millatimizga katta zarar bo‘ladi. Bu zarar ham moddiy ham ma’naviy bo‘lishi mumkin. Bu zararlarning oldini olish uchun barcha barobar harakat qilmog‘i zarur. Insonning kiyinishi uning ichki dunyosining qanday ekanidan dalolat beradi, chunki libos ma’naviyat ko‘zgusidir.
Mazkur davra suhbatida milliy liboslarimizning ana shu jihatlari koʼp bor eʼtirof etildi. Yoshlarimiz bunga katta eʼtibor berishi kerakligi taʼkidlanib, bu borada oʼzaro fikr almashildi.
Talabalarimiz milliy liboslar namoyishi bilan birgalikda liboslar tarixi va qulayliklari to‘g‘risida ma’lumotlar ham berdilar. Tadbir qatnashchilariga yanada a’lo kayfiyat ulashish maqsadida milliy kuy-qo‘shiqlar va laparlar ijro etildi.
Talabalar turar joylarida talabalarga fakultet dekani, muovinlari, professor-oʼqituvchilari maʼsul etib belgilangan. Bundan tashqari talabalar bilan ishlash uchun har bir turar joyda tarbiyachi – murabbiylar faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. Turar joylarda tungi vaqtlarda institut professor-oʼqituvchilaridan iborat navbatchilik tashkil etilgan.
Talabalar turar joyi hududiga kirish qismida turar joylar hududiga begona shaxslar kirishining oldini olish, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida turniket oʼrnatilgan. Talabalarni TTJ hududiga turniket orqali kirib chiqishi nazoratga olingan. Talabalar turar joylariga shahar IIB tomonidan alohida hudud nozirlari ajratilgan.
2021 yil oktyabr sanasida Pediatriya fakulteti dekani D.N.Аchilova, yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha dekan o’rinbosari M.M.Yuldasheva va tyutor G.S.Fayzulloevalar talaba qizlarning yashash sharoiti, bilim olishi, darsdan boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishish uchun barcha shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida1- talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar.
Tabiatni muhofaza qilish bugungi kunning eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Fan-texnika taraqqiyoti, turli demografik jarayonlar, global iqlim oʻzgarishi kabi bir qator ekologik muammolar bugun jahon hamjamiyatini asosli ravishda tashvishga solmoqda.
Bu borada mamlakatimizda ham keng koʻlamdagi islohotlar amalga oshirilib, yerosti va yer usti boyliklari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi Konstitutsiyamizning alohida bandi, shuningdek bir qator tegishli qonunlar bilan davlat muhofazasiga olinib, ulardan oqilona foydalanish, asrab-avaylab kelgusi avlodlarga ham yetkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mavjud daraxtzorlarning kamayib borishi hamda iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, odamlarni ixtiyoriy ravishda ommaviy birlashtirish orqali qulay atrof-muhitni yaratish, Oʻzbekistonda daraxtlarni saqlash, tiklash hamda koʻpaytirish muammolariga jamoatchilikning eʼtiborini qaratish ushbu aksiyaning asosiy maqsadi qilib olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan edi.
Loyiha doirasida viloyatimizning barcha hududlarida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari jadal sur’atlarda tashkil etildi.
2021 yilning 26-noyabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi favvoralar maydonida Buxoro davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakultetining 3-bosqich talabalari viloyat Yoshlar bilan ishlash agentligi raisi ishtirokida “Yuksalish” umummilliy harakati daraxtlar sonini oshirishga qaratilgan bu kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagan holda Buxoro shahrida “Bir million daraxt” aksiyasini davom ettirish maqsadida koʻchat o’tqazdilar va O’zbekistonda daraxtlar sonini oshirishga qaratilgan bu kabi faollik va yashil tashabbuslarni, turli tashkilotlarning yurtimizda yashillikni kengaytirish va saqlab qolish, obod atrof-muhitni shakllantirish borasidagi hissalarini qo’llab-quvvatladilar.
Har yili 1 dekabr sanasi an’anaviy ravishda «OITSga qarshi butunjahon kurash kuni» sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsad qilinadi.
─ OIV (odam immuniteti tanqisligi virusi) surunkali yuqumli kasallik bo‘lib, inson organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. U organizmni tashqi xavfli ta’sirlardan himoya qiluvchi tizim ─ immun tizimini izdan chiqaradi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, virus organizmga tushgan dastlabki davrda hech qanay noxush alomatlar sezilmaydi, immun tizimi viruslarning tajovuzini bostirib turadi. Odam virusni yuqtirib olganidan boshlab 10 yilgacha o‘zi kasal ekanini sezmaydi. Bu davrda organizmda OIV viruslari bilan kasallangan hujayralar soni sog‘lom hujayralarga qaraganda oshib boradi, natijada OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) kelib chiqadi. Bu surunkali tarzda kechuvchi tizimli xastalik. U faqat bitta organni zararlaydi, deb tushunish xato. Organizmning viruslar bilan mahv etilishi natijasida immun tizimi o‘z vazifasini bajara olmaydi, natijada inson har qanday tashqi ta’sirga sezuvchan bo‘ladi, oddiy kasalliklarni ham og‘ir kechiradi. Organizmning kurashuvchanligi yo‘qolgani bois yondosh kasalliklar rivojlanib boraveradi. OITS sababsiz uzoq davom etuvchi yo‘tal, qisqa vaqt ichida keskin ozib ketish, harorat sababsiz ko‘tarilishi, uzoq vaqt ich ketishi (diareya), og‘iz bo‘shlig‘i va turli a’zolar yallig‘lanishi, xavfli o‘smalar rivojlanishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi.
─ UNAIDS (BMTning OIV/OITS bo‘yicha dasturi) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ayni kunda 37 mln kishi OIV infeksiyasi bilan kasallangan. Kasallik ko‘pincha 20-49 yoshlilar o‘rtasida qayd etiladi. Bu xastalikning uzoq vaqt yashirin tarzda kechishi, natijada bemorning o‘zi bilmagan holda boshqalarga ham kasallikni yuqtirishi bilan boqliq.
OIV infeksiyasi OIV bilan zararlangan shaxs bilan himoyalanmagan jinsiy aloqa qilganda, giyohvand moddalarni guruh bo‘lib tomir orqali qabul qilganda, virus bilan zararlangan, tekshirilmagan qon va uning tarkibiy qismlari quyilganda, zararsizlantirilmagan jarrohlik, doyalik, stomatologik va boshqa tibbiy asboblar orqali muolajalar olganda, shprits va ignalardan umumiy foydalanilganda, infeksiyani yuqtirib olgan homilador onadan bolaga homiladorlik davrida jarohatlangan yo‘ldosh orqali, bola tug‘ilishi jarayonida tug‘uruq yo‘llari jarohatlanishi tufayli va bolani emizish jarayonida ona suti orqali yuqadi.
«Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq, turmush qurmoqchi bo‘lgan yoshlar OIV infeksiyasi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi, agar ularda kasallik aniqlansa, dispanser nazoratiga olinadi.
30.12.2021 yil sanasida Pediatriya fakulteti yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari M.M. Yuldasheva va tyutor N.S.Xodjaevlar tomonidan 231, 232-guruh talabalari ishtirokida 1- dekabr OITSga qarshi butunjahon kurashish kuni munosabati bilan “ MEN OITSGA QARSHIMAN, SIZ-CHI?” deb nomlangan “Flashmob” tashkil qilindi.
Xalqimizda azaldan koʼchat ekib, bogʼ yaratgan insonlar ulugʼlangan. Har bir kishi bir tup koʼchat oʼtqazsa, undan nafaqat insonlar, balki hayvonlar va qushlar ham manfaat koʼradi. Muborak hadisda aytilishicha, ekilgan har bir daraxtning aytayotgan tasbehi, oʼsha daraxtni ekkan kishining nomai aʼmoliga yoziladi hamda uning mevasidan boshqalar yesa yoki soyasida oʼtirsa, ekkan kishining amal daftariga sadaqa savobi yozib qoʼyiladi.
Inson oʼz uyiga qanday eʼtibor bersa, atrofga ham shunday munosabatda boʼlishi shart. Chunki butun Yer yuzi insonlar uchun maskandir.
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan taʼminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʼilishi oʼtkazilgan edi. Yigʼilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ham koʼrib chiqilib, 10 dekabrga qadar daraxt ekish boʼyicha “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilingan edi.
Ushbu savobli ishda har bir tashkilot, har bir fuqaro oʼz oʼrnini topishi kerakligi taʼkidlandi. Shunga koʼra 22.11.2021 yil sanasida Pediatriya fakulteti 3-bosqich talabalari ham shaharni obodonlashtirish maqsadida daraxt o’tqazish tadbirida faol ishtirok etdilar.
30.12.2021 yil sanasida Pediatriya fakulteti yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari M.M. Yuldasheva va tyutor N.S.Xodjaevlar tomonidan 231, 232-guruh talabalari ishtirokida “Ikkinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Sharafiddin Ali Yazdiyning hayoti va faoliyati” mavzusida Аxborot va murabbiylik soati o’tkazildi.
Unda talabalarga ijarada turadigan uylarini toza-ozoda tutish kerakligi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, bugungi kunda ommalashib borayotgan 1XBET o’yinining yomon oqibatlarga olib kelishi haqida aytib o’tildi va ogohlantirildi, har bir talabaning telefoni tekshirildi.
9-dekabr- O’zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari orasida “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” konkurs e’lon qilinganligi aytildi.
Konkurs:
1) Videoroliklar tanlovi
2) Maqolalar tanlovi
3) Rasmlar tanlovi
4) Insholar tanlovi
5) Fleshmob kabi yo’nalishlarida olib boriladi. Konkurs g’oliblariga mukofot borligi ta’kidlab aytildi va talabalarga bu borada topshiriqlar berildi.
Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam ko’rsatishni ta’minlash maqsadida 1988 yilda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning 1 dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.
BMTning OITSga qarshi kurash tashkiloti (UNAIDS) tashabbusi bilan joriy yilda bu sana “Xalqaro hamjihatlik, umumiy mas’uliyat” shiori ostida o’tkazilmoqda.
Ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda dunyoda OITSga chalingan bemorlar soni 38 million kishidan oshadi. Birgina o’tgan 2019 yilda bu kasallik 690 ming kishining o’limiga sabab bo’lgan.
Pediatriya fakulteti talabalari Butunjaxon OITSga karshi kurash kuniga bagishlangan marafonda ishtirok etmoqdalar
2022 yil 7 sentyabr kuni Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-bosqich talabalari buyuk tabib, vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino tavallud topgan Afshonada uning haykali poyida “Shifokorlik qasamyodi”ni tantanali ravishda qabul qildilar.
Joriy yilda institutga qabul qilingan 1100 nafarga yaqin bo‘lajak shifokorlar kasbiga sadoqatli bo‘lish, har qanday sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatishga, o‘z manfaatiga berilmaslik uchun bor kuch va g‘ayratini sarflashga, halol bo‘lishga qasamyod qildi.
Talabalarning “Shifokorlik qasamyodi”ni qabul qilishidan asosiy maqsad – buyuk tabib Abu Ali ibn Sinoning o‘lmas ilmiy–tibbiy merosiga e’tiqod, tanlagan kasbiga sodiqlik, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.
Institut rektori Sh.J.Teshayev “Shifokorlik qasamyodi” bilan bilan barcha talaba-yoshlarni muborakbod etdilar.
Siz o‘z hayotingizdagi birinchi muhim qadamni qo‘yib bo‘ldingiz. Garchand bu qadamingiz kichik bo‘lsa-da, bu qadam sizning kelajagingizni aniqlab beradi. Siz Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi bo‘lish bilan bir qatorda eng yaxshi professor-o‘qituvchilar qo‘l ostida eng zamonaviy o‘quv xonalarida o‘zingizning ajoyib talabalik yillaringizni o‘tkazasiz va bu siz uchun butun hayotingiz davomida yo‘lboshchi bo‘ladi.
Tarixiy o‘zgarishlarga qaramasdan tibbiyot instituti xalqaro peshqadam oliy o‘quv yurtlari qatorida turadi. Ishonamizki, Siz – talabalar, ajdodlarimiz erishgan yutuqlarni ko‘paytirishga xizmat qilasiz.
Buning uchun ko‘p mehnat qilishingiz, amaliy va nazariy yuklamalarni bajarishingiz lozim! Ishonamizki, sizlarning imkoniyatlaringizni, mehnatsevarligingizni inobatga olgan holda, kelajakda tanlagan kasbingizning mohir mutaxassi bo‘lasiz, – deya talabalarga, ularning ota-onalariga omadlar tiladi.
Yoshlar fikrlar va ishlar pokligi, yuksak ishonch va ajralmas najot ramzi sifatida oq xalat kiyishning ramziy marosimini o‘tkazishdi.
Abu Ali ibn Sino yodgorlik poyiga gullar qo‘yib, hurmat bajo keltirdilar.
23.04.2022 yil sanasida Buxoro davlat tibbiyot instituti yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ullari va talabalari Sog’likni Saqlash Vazirligi buyrug’iga asosan Buxoro davlat tibbiyot institutiga qarashli Nurota tuman erkaklar “Muruvvat uyi”ga sovga-salomlar bilan tashrif buyurdilar. Institutning Yoshlar ittifoqi yetakchisi Dilshodjon Abdullayev tomonidan tuhfa qilingan kiyim-kechaklar ham nogironlarga taqdim etildi
Oliy ta’lim muassasah”rida “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi tomonidan (29.01.2022y 05-1-201-son) tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida 2022-yilda yoshlar bilan manzilli ishlash tizimini yaratish, ulami bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish (5 muhim tashabbus) bo’yicha vazirlik va idoralar hamkorlik Dasturining 18-bandi, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan Yoshlar masalalari bo’yicha respublika idoralararo kengashi majlisining 2018-yil 8-fevraldagi 4-son bayonida rejalashtirilgan “Yoshlar – kelajak bunyodkori!” shiori ostida “Yoshlar festivallarr”ni tashkil etish va o’tkazish, O’zbekiston Respublikasi Yazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-sentabrdagi 736-sonli qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturining 9-bandi ijrosini ta’minlash hamda talaba-yoshlami san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo’naltirish, iqtidorli yoshlarga o’z imkoniyatlariniyuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’fta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qo’shma qarorining ijrosini ta`minlash maqsadida Buxoro davlat tibbiyot institutida “Talabalar teatr studiyasi” festivali doirasida fakultetlararo bosqich tanlovi o`tkazildi.
13.05. 2022 yil sanasida institut faollar zalida Pediatriya fakulteti 1-2 kurs talabalari tomonidan Tohir Malikning “Alvido, bolalik” asaridan olingan parcha namoyish etildi.
Tadbirda Pediatriya fakulteti dekani D.N.Achilova, Pediatriya fakulteti yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha dekan muovini M.M.Yuldasheva, yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha dekan muovinlari, profilaktika inspektori M.Hakimov, Pediatriya fakulteti tyutorlari G.S.Fayzulloyeva, N.S.Xodjayev hamda institut talabalari ishtirok etdilar.
“Alvido, bolalik” asari Tohir Malik ijodida alohida o’rin tutadi. Asardagi asosiy mavzu – hech kim jinoyatchi bo’lib tug’ilmaydi, bolani atrof-muhit , jamiyatdagi turli illatlar jinoyatchiga aylantiradi.
Adib asarda har doim muhim hisoblangan “tarbiya” masalasiga e’tibor qaratgan. Asar qahramonlari ayni psixologik o’tish davrida bo’lgan yoshlardir. Mana shu muhim paytda tarbiyasiga e’tibor qaratilmagan yoshlar jinoyatning qaytib bo’lmas olamiga kirib ketishadi. Mana shu yo’lga kirib ketgan bolalarning tilidan aytilgan gaplarni o’qib, bu bolalarga vaqtida nega e’tibor qaratilmadi, ular ham ota-ona mehriga haqli edi-ku, birinchi bor ichib kelganida otasi nega qattiqroq tegib, uning birga daydib yurgan “jo’ralari”ga diqqatni qaratmadi degan savollarni berishingiz tabiiy.
“Alvido, bolalik” spektakli tomoshabinlarga katta taassurot qoldirdi.
Ishtirokchilar ro‘yxati:
1.Po’latov Sherali 232-guruh
2. Tohirov Umidjon 232-guruh
3. Homitov Olimjon 232-guruh
4.Hasanova Laylo 231-guruh
5.Tursunov Islombek 231-guruh
6.Ravshanov Dilshodbek 233-guruh
7.Choriyev Fuzuliy 131-guruh
8.Ro’ziev Ahmadjon 131-guruh
9.Aminov Asadbek 131-guruh
10.Axmedova Parvina 131-guruh
11.Najabalieva Nigina 131-guruh
12.Shodiev Shoxjaxon 132-guruh
13.Olimov Ogabek 132-guruh
14.Jumaev Subhiddin 132-guruh
15.Sayfiddinov Akbarshoh 132-guruh
16.Narzullaev Abdullo 132-guruh
Yurt tinchligi, xalq farovonligi va ozodligi uchun kurashgan ajdodlarni xotirlash, nuroniylarni e’zozlash va ularga munosib avlod bo’lish har birimizning oliy burchimiz hisoblanadi.
2022 yil 9 may sanasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini M.M.Yuldasheva tomonidan “Nuroniylar maskani” ro’yxatida turuvchi 100 yoshni qarshi olgan, 2-jahon urushi qatnashchisi – Tagmandbofon ko’chasi 5-uyda istiqomat qilayotgan Gulov Niyoz otaning holidan xabar olinib, sovg’a-salomlar berildi.
Tinch va totuvligimiz bardavom bo’lsin.
Ramazon oyining ulug‘vorligi, alohida fazilatli tomoni shundaki, u saxovat oyi hamdir. Mehr-muruvvat, saxovat xalqimiz ardoqlagan, asrlar osha amal qilib kelayotgan bobomeros qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Saxovatli zotlar, ularning tarixda qoldirgan yaxshi nomlari, saxovatpeshalik bilan amalga oshirgan ishlari biz uchun ibratdir.
Albatta, bundan xayr-saxovat faqat shu oyda qilinishi kerak, degan ma’no chiqmaydi. Ya’ni, saxovat mavsumiy qadriyat emas. Biroq muqaddas kitoblarimizda Ramazonda qilinadigan har qanday xayrli amallar, jumladan, xayr- saxovatga ham boshqa oylardagidan bir necha hissa ko‘proq ajr berilishi qayta-qayta ta’kidlanadi. Shunga ko‘ra kishilarda bu oyda savobli ishlarni har qachongidanda ko‘proq qilishga intilish mayli yanada ortadi. Qolaversa, bir oy davomida faqat yaxshi niyatda, yaxshi amalda bo‘lgan kishilarning ro‘zadan keyingi oylarda ham bunday yaxshiliklarda bardavom bo‘lishlari tabiiy. Bu esa Ramazoni sharifning tarbiyachilik fazilati, hikmati sirasiga kiradi.
Ana shunday qadriyatlarga amal qilgan va savob amallarni niyat qilgan institutimizning Pediatriya fakulteti dekanati xodimlari 28.04.2022 yil sanasida fakultetda tahsil olayotgan talabalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida mehr va muhabbat to’la sovg’alar ulashildi.
Fazilat va barakaga to‘lgan oyda xayru sahovatni ko‘paytirish va beminnat ehsonlarni ezgu tilaklar ostida amalga oshirish barchamizga nasibu ro‘za aylasin! Barchamizga ramazon oyi muborak bo‘lsin!
Saxovatpeshalik xalqimizga xos bo’lgan go’zal qadriyatlardan biridir. Har qanday vaziyatda yurtdoshlarimiz bir-biridan yordam va xayru ehsonini ayashmagan. Qutlug’ ramazon oyida birlashishimiz va mehr-oqibatli bo‘lishimiz xalqimizning qalblariga mamnunlik baxsh etmoqda, kelajakka bo‘lgan ishonchlarini yanada mustahkamlamoqda.
Ayniqsa, ehtiyojmand kishilarni qo‘llab-quvvatlash, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashga alohida urg‘u qaratilgani barchani birdek mamnun etadi.
20.04.2022 yil sanasida Buxoro davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakultetining 134-guruh talabalari “Shayx-ul-olam”mahallasiga qarashli kam ta’minlangan oilalarga ramazon tuhfasi ulashshdi.
Yurtboshimizning 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar” to‘g‘risida PQ-167-son qaroriga muvofiq o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan keksalarni psixologik, ma’naviy qo‘llab quvvatlash maqsadida faol yoshlardan iborat volontyorlik guruhlari tomonidan ezgu fazilatlarimiz muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, 22.04.2022 yilda Buxoro davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti yoshlar masalalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini M.M.Yuldasheva, tyutor N.S.Xodjaev va 232- guruh talabalari “Nuroniylar maskani” ro’yxatida turuvchi 100 yoshni qarshi olgan, 2-jahon urushi qatnashchilari – Tagmandbofon ko’chasi 5-uyda istiqomat qilayotgan Gulov Niyoz ota va Mirdo’stim ko’chasi 95-uyda istiqomat qilayotgan Valiev Habib otalarning holidan xabar olib, sovg’a-salomlar ulashdilar.
Mamlakatimizda nuroniy qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish, ehtiyojmand kishilarga saxovat qilish asrlar osha ezgu an’ana, qadriyatga aylangan. Irmoqlar qo‘shilib azim daryoga aylangani kabi hozirgi kunda amalga oshirilayotgan saxovat tadbirlari ham kishiga ezgulikka burkangan katta bir karvonni eslatib yuboradi.
Ijtimoiy ko‘makka muhtojlarga xayr-saxovat qilish, keksalar holidan xabar olish insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkam bog‘lanishiga, o‘zaro hurmat va totuvlik hislarini ortishiga, jamiyat ravnaqi uchun olib borilayotgan ishlarning rivoj topishiga xizmat qiladi.
22.04.2022 yilda Buxoro davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha dekan muovini M.M.Yuldasheva, tyutor N.S.Xodjaev va 232-guruh talabalari “Shayx ul olam” mahallasida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan fuqarolar – To’laev Said, Rashidova Zoya, Hamidov Rajablarga ehson qildilar.
NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle
© 2023 BSMI. Barcha huquqlar himoyalangan