Farmakologiya kafedrasi
17.12.2021 2024-12-24 12:25Farmakologiya kafedrasi
Kafedra xodimlari
Kafedra tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1990-yil oktyabr oyida Buxoro davlat tibbiyot instituti tashkil etildi. 1991-1992 o’quv yilidan boshlab Farmakologiya kafedrasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Farmakologiya kafedrasi asoschisi, birinchi kafedra mudiri Bafoev Ibrohim Olimovich o’z davrining yetuk mutaxassisi sifatida samarali faoliyat yuritgan.
1992-1994 yillarda tibbiyot fanlar nomzodi Т.Karimov Farmakologiya kafedrasini boshqargan. 1994-1999- yillarda kafedra kengaytirilib, tarkibiga «Klinik farmakologiya» bo‘limi qo‘shildi va kafedra «Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi» deb nomlandi. Kafedra xodimlari tomonidan Davolash fakultetining va stomatologiya fakultetining 3 kurs talabalariga “Farmakologiya” va “Klinik farmakologiya” fanidan amaliy, klinik va nazariy mashgʼulotlar oʼtildi.
1995 yili Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri etib tibbiyot fanlar doktori, professor Maxmudov To’ra Maxmudovich tayinlandi. 1995-1999 yillardagi faoliyati davomida professor T. M. Maxmudov o’zining unumli mehnati va fidoiyligi bilan institut xodimlari orasida hurmat qozondi. U o’zining maktabini yaratib, qator shogirdlar tayyorladi. Professor T.M. Maxmudovning shogirdlaridan biri, tibbiyot fanlar nomzodi, dotsent Musayeva Dilfuza Mahmudovna 2000-2012 o’quv yillarida “Farmakologiya va klinik farmakologiya” kafedrasini boshqarib keldi. 2000 yil 1-martdan 15 martga qadar Janubiy Koreya respublikasi Pusan universiteti professori Kuil Kang talabalarga ingliz tilida Farmakologiya fanidan maʼruzalar oʼqidi.
2013-2014 o‘quv yilida kafedra mudiri etib farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent O.M. Ernazarov tayinlandi. 2015-2016- o‘quv yilida “Farmakologiya va klinik farmakologiya” kafedrasi “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasi bilan birlashtirilib, kafedra “Farmakologiya, normal va patologik fiziologiya kafedrasi” deb nomlandi.
2016-2017 o‘quv yilidan boshlab kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Musayeva Dilfuza Mahmudovna tayinlandi.
2017-2018- o‘quv yilida kafedra “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasidan ajratilib, “Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya” kafedrasi bilan birlashtirildi va “Mikrobiologiya va Farmakologiya kafedrasi” deb nomlandi.
2018-2019- o‘quv yilidan boshlab kafedra qayta Klinik farmakologiya bo‘limi bilan birlashtirilib, “Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi” nomini oldi va t.f.n., dotsent D.M. Musayeva kafedrani boshqarib kelmoqda.
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab kafedra mudiri etib DSc, dotsent Yuldosheva Dilnavoz Xasanovna tayinlandi.
Kafedra faoliyati davomida xodimlari tomonidan 500 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 100 ga yaqin uslubiy qo‘llanmalar, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar chop etilgan hamda elektron darsliklar yaratilgan. Shuningdek, 300 dan ortiq multimedialar, videodarslar va audiodarslar talabalarga taqdim etilgan.
Kafedra xodimlari Turkiya, Rossiya, Xitoy XR va Koreya davlatlarining, shuningdek Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining nufuzli oliy o‘quv yurtlari Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedralari bilan o‘quv-uslubiy va ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik qilmoqdalar. Kafedrada davolash, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, tibbiy pedagogika, stomatologiya fakul`tetlari talabalari farmakologiya, molekulyar farmakologiya, klinik farmakologiya fanlaridan tahsil olishadi. Shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari qo’shma dasturlar asosida Hindistonning GD Goenka universiteti Pharm-D va MBBS yo’nalishida tahsil oladigan xorijlik talabalarga; Rossiyaning Kursk,Orenburg, Dog’iston tibbiy universitetlari va Kazan federal universiteti bilan qo’shma dasturlar asosida ochilgan Farmatsiya, Biotexnologiya, Davolash fakul`tetlari talabalariga: Turkiyaning Sog’liq bilimlar universiteti Davolash fakul`teti va ushbu universitet qoshidagi Malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabi talabalariga dars mashg’ulotlari olib borishadi.
Xorijiy hamkorlar bilan malaka oshirish kurslari, stajirovkalar, vebinarlar, xalqaro konferensiyalar otkazib kelishmoqda. Kafedra dotsenti Musayeva D.M. va assistentlar Raxmatova M.R. Xitoy xalq Respublikasida malaka oshirishda va hamkorlarimizning Toshkentda ochgan farmacevtik zavodi ochilishida qatnashishdi.
2020-yilning 28-29-may kunlari Respublika Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti hamda xalqaro ishtirokdagi Hindistonning “GD GOENKA” universiteti bilan hamkorlikda “Farmakologiyaning dolzarb muammolari: dori vositalarini ishlab chiqishdan oqilona foydalanishga qadar” deb nomlangan xalqaro ishtirokdagi farmakologlarning birinchi respublika ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.
Akademik mobillik dasturi doirasida Hindistonning “Asclepius” klinikasi professori Dr Vinay Samuel – BuxDTI qo’shma fakul`teti – MBBS (2) – Bachelor of Medicine and Bachelor of Surgery guruxi va 301 –ingliz tili gr talabalari bilan stol atrofida ma’ruza mashg’ulotlari tashkil etildi. 11-12-sentyabr 2021y.
2021 yil 5-6 noyabr kunlari akademik mobillik dasturi doirasida Turkiyaning Antaliyadagi xalqaro Media park klinikasi professori Tabak Mehmet Selchuk namunaviy dasturga kiritilgan mavzularga mos ravishda klinik farmakologiya fanidan 543-gurux talabalariga “Homiladorlik va laktatsiya davrida dori vositalarini qo’llash xususiyatlari” (Features of the use of drugs during pregnancy and lactation) va farmakologiya fanidan 301-gurux talabalariga “Bachadon mushaklariga (miometriyga) ta’sir etuvchi dori vositalar” (Drugs acting on the muscles of the uterus (myometrium), “Steroid gormonlar” (Steroid hormones) mavzusida ma’ruza mashg’ulotlarini o`tkazdi.
madov Baxodir Sharipovich Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston tiibbiyot universitetida akademik mobillik dasturi doirasida
Kafedra xodimlari quyidagi ilmiy yo’nalishlarda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar:
- Mahalliy dorivor o‘simliklar tarkibidagi biofaol moddalarning farmakologik xususiyatlarini o‘rganish.
- Oshqozon-ichak tizimiga ta’sir qiluvchi yangi dori vositalarining farmakogenetik parametrlarini o‘rganish.
- Dorivor o’simliklardan dori tayyorlash texnologiyasi va dori farmakologiyasini o’rganish, uni klinikaga tadbiq etish.
Istiqbolli rejalar:
– Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish;
– Xorijiy mamlakatlar bilan o’quv, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va kafedra moddiy-texnik bazasini yangi, zamonaviy uskuna va o`quv laboratoriya jihozlari bilan boyitish orqali ta’lim sifatini yaxshilash.
Kafedrada “Yosh farmakolog”, “Yosh klinik farmakolog” va “Farmatsevt” to’garaklari hamda talabalar Ilmiy jamiyatida talabalar Ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Erishilgan natijalar Respublika va Xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferentsiyalarida bayon etib kelinmoqda.
Farmakologiya kafedrasidagi professor-o'qituvchilarning maqolalari
2. MDR-1 ГЕНИНИНГ ФАРМАКОТЕРАПИЯДАГИ АҲАМИЯТИ
3. SURMANING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI VA MAHALLIY XOM ASHYOLARDAN TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
4. ГАСТРОЭЗОФАГЕАЛ РЕФЛЮКС КАСАЛЛИГИ МОРФОЛОГИК МАНЗАРАСИНИНГ РЕФЛЮКСАТ МУҲИТИ ТУРИГА АЛОҚАДОРЛИГИ
5. ЖИГАР НОАЛКОГОЛ ЁҒ ХАСТАЛИГИДА ИЧАКЛАР МИКРОБИОЦЕНОЗИ
7. МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО И ОПЕРАТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ БУДУЩИХ
8. Проблемы восстановления менструации и
9. СУРУНКАЛИ ВИРУСЛИ ГЕПАТИТ С ХАСТАЛИГИ КЛИНИК- ЛАБОРАТОР МАРКЁР-
10. ХАРАКТЕРИСТИКА ИНВОЛЮЦИИ МАТКИ ПОСЛЕ
11. AMLODIPINE AGAINST ARTERIAL HYPERTENSION METHOD OF ANALYSIS
12. CHANGING PARAMETERS OF HEMOSTASIS AND CLOTTING FACTORS IN
13. Cathodic determination of tobacco-specific nitrosamines
14. Clinical-Laboratory Markers of Progression of Non-Alcoholic Fatty
15. DORIVOR O’SIMLIKLARNI VA BILOGIK FAOL QO’SHILMALARNI XALQ
16. Development of modern methods for fluoxetine chemical
17. Laboratory and Molecular-Genetic Markers of the Progression of Non-
18. MOMORDICA CHARANTIA (MOMORDICA CHARANTIA L) IS A PROMISING
19. MOMORDICA CHARANTIA L” – IS A PROMISING SOURCE FOR CARDIOLOGY
NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle