Farmatsevtika – dori tayyorlash, saqlash va bemorlarga berish haqidagi amaliy fanlar majmui. Farmatsevt esa, dori tayyorlovchi (aptekada) mutaxassis.
Farmatsevt assistenti – dori vositalarini saqlash, tarqatish va ta’minlash bo‘yicha farmatsevt yordamchisi.
Demak, tabletkalar, kapsulalar, miksturalar, kukunlar va fizeritmalar, xalqaro sanitar-ishlab chiqarish standartlarga to‘la mos tushadigan zamonaviy kimyoviy laborotoriyalar hamda ishlab chiqarishssexlari to‘g‘risidagi orzular… YOki bo‘lmasa minglab nomdagi turli xil dori vositalari va shu vositalarga ehtiyoj sezgan qator-qator odamlar navbatda turgan apteka. Bularning barchasi aptekachi ish hududida joylashgan. Ha, qachonlardir farmatsevt va provizorlarni shunday atashgan. Aptekachilar hammasini bajarishgan – “eliksir” retseptini ishlab chiqishdan tortib, qabul qilishning induvidual sxemasigacha.
Bugun ham farmetsevtika kollejlari yoki oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining katta qismi aynan dorixona tizimida ish topishadi. Biroq, ayniqsa, davlat tomonidan xarid qilinadigan dori-darmon oqimini boshqarish oson ish emas va bu ishga “ko‘chadan kelgan” odamlar to‘g‘ri kelishmaydi.
Passport, maktabni bitirganligi to’g’risidagi guvohnoma yoki akademik litsey/kollej diploma, 3×4 rasm.
5 yil
(mahalliy talabalar) – UZS 15 344 490
(xalqaro talabalar) – $3000-5500
60910700
© 2025 BSMI. Barcha huquqlar himoyalangan