Farmatsiya

Farmatsiya

Kurs haqida

Farmatsevtika – dori tayyorlash, saqlash va bemorlarga berish haqidagi amaliy fanlar majmui. Farmatsevt esa, dori tayyorlovchi (aptekada) mutaxassis.

Farmatsevt assistenti – dori vositalarini saqlash, tarqatish va ta’minlash bo‘yicha farmatsevt yordamchisi.

Demak, tabletkalar, kapsulalar, miksturalar, kukunlar va fizeritmalar, xalqaro sanitar-ishlab chiqarish standartlarga to‘la mos tushadigan zamonaviy kimyoviy laborotoriyalar hamda ishlab chiqarishssexlari to‘g‘risidagi orzular… YOki bo‘lmasa minglab nomdagi turli xil dori vositalari va shu vositalarga ehtiyoj sezgan qator-qator odamlar navbatda turgan apteka. Bularning barchasi aptekachi ish hududida joylashgan. Ha, qachonlardir farmatsevt va provizorlarni shunday atashgan. Aptekachilar hammasini bajarishgan – “eliksir” retseptini ishlab chiqishdan tortib, qabul qilishning induvidual sxemasigacha.

Bugun ham farmetsevtika kollejlari yoki oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining katta qismi aynan dorixona tizimida ish topishadi. Biroq, ayniqsa, davlat tomonidan xarid qilinadigan dori-darmon oqimini boshqarish oson ish emas va bu ishga “ko‘chadan kelgan” odamlar to‘g‘ri kelishmaydi.

Kirish talabnomasi

Passport, maktabni bitirganligi to’g’risidagi guvohnoma yoki akademik litsey/kollej diploma, 3×4 rasm.

O’qish muddati

5 yil

Kredit soatlari
Kontrakt to‘lovi

(mahalliy talabalar) – UZS 15 344 490

(xalqaro talabalar) – $3000-5500

Ta’lim shifri

60910700

O’tiladigan fanlar katologi
Birinchi yil
  • O’zbekistonning eng yangi tarixi
  • Anatomiya
  • Tibbiy biologiya.
  • Umumiy genetika
  • Tibbiy kimyo
  • Lotin tili va tibbiy terminologiya
  • Biofizika
  • Tibbiyot kasbiga kirish
Uchinchi yil
  • Biologik kimyo
  • Farmakognoziya
  • Farmasevtik kimyo
  • Farmasevtik bioetika
  • Farmasevtika ishi
  • Farmasevtik texnologiya
Beshinchi yil
  • Dori vositalarining instrumental tahlili
  • Klinik farmatsiya va farmokinetika asoslari
  • Farmasevtikada boshqaruv
  • Dori vositalarini standartlash
Ikkinchi yil
  • Anatomiya
  • Gistologiya,sitologiya,embriologiya
  • Tibbiy biologiya.Umumiy genetika
  • Tibbiy kimyo
  • Fiziologiya
  • Lotin tili va tibbiy terminologiya
  • Biofizika
  • Tibbiyot kasbiga kirish
To’rtinchi yil
  • Toksikologik kimyo
  • Farmakologiya
  • Tayyor dori turlari texnologiyasi
  • Farmasevtik iqtisodiyoti
  • Tibbiyot va farmasevtika tovarshunosligi
Amaliyot
  • Tanishuv amaliyoti
  • O’quv amaliyoti
  • Ishlab chiqarish amaliyoti
  • Diplom oldi amaliyoti