🏛Buxoro davlat tibbiyot institutida “Ayol – jamiyat – siyosat” mavzusida gender tenglikka asoslangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
11.07.2025 2025-07-11 15:23🏛Buxoro davlat tibbiyot institutida “Ayol – jamiyat – siyosat” mavzusida gender tenglikka asoslangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
🏛Buxoro davlat tibbiyot institutida “Ayol – jamiyat – siyosat” mavzusida gender tenglikka asoslangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
🔗Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida ayollar hamda qizlarning teng ishtirokini ta’minlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish dolzarb masalalardan biridir. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” rezolyusiyasi asosida 11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni sifatida e’lon qilingan.


🔎Ushbu muhim sana munosabati bilan “Ilmli ayollar – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haftaligi e’lon qilindi. Tadbirlar haftaligi doirasida Buxoro davlat tibbiyot institutida ayollar va qizlarning ilmiy faoliyatda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirishga qaratilgan mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


📌Tadbirda gender tengligi, ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning siyosiy va ilmiy sohalarda erkin va teng ishtirokini ta’minlash kabi mavzular muhokama qilindi.

🕹Gender tengligi haqida ushbu havola orqali yaqindan tanishing: https://youtu.be/8N62jfCXrtM?si=LOBoGXpVdNhIfPgL