Gigiyena (grekcha: ὑγιεινός — „sogʻlom“) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Gigiyenaning bir necha sohalari bor. Aviatsion gigiyena, harbiy gigiyena, mehnat gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi (maktab gigiyenasi), shaxsiy gigiyena, ijtimoiy gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena va hokazo. Gigiyena fiziologiya, patofiziologiya, epidemiologiya, toksikologiya, fizika, kimyo, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bogʻlangan, chunki tabiiy omillar bilan birga jamiyatning iktisodiy ahvoli ham kishi sogʻligʻiga taʼsir etadi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (pasport), ayni yo’nalish bo’yicha magistrlik diplomi, chet tilini umumiy Evropa kompetentsiyalariga (standartlariga) muvofiq chet tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatning nusxasi, 3×4-rasm.
3 yil
14.00.07
© 2024 BSMI. Barcha huquqlar himoyalangan