Kardiologiya

Kardiologiya

Kurs haqida

Kardiologiya (kardio… va …logiya)— tibbiyot fanining bir boʻlimi: yurak-tomir sistemasining tuzilishi, funksiyasi va kasalliklarini, ularning yuzaga kelish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, oʻziga xos kechishi hamda diagnostikasini oʻrganadi, shuningdek, ularni aniqlash, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Kardiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi 19-20-asrlarga toʻgʻri keladi. Bu Aristotel, Gippokrat, Dioskorid, Galen va Ibn Sinolarning faoliyati bilan bogʻliq. 1628-yil ingliz vrachi Garvey qon aylanish doirasini tavsiflaganidan soʻng Kardiologiya masalalariga oid bilimlar toʻplana bordi. 1761-yil avstraliyalik vrach Auenbrugger ichki aʼzolarni tadqiq etishning yangi usuli — perkussiyani kashf etdi.

Kirish talabnomasi

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (pasport), oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi, chet tilini umumiy Evropa kompetentsiyalariga (standartlariga) muvofiq chet tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatning nusxasi, 3×4-rasm.

O’qish muddati

3 yil

Kredit soatlari
Kontrakt to‘lovi

(mahalliy talabalar) – UZS 10 488 590

(xalqaro talabalar) – $3500-5500

Ta’lim shifri

5A510105

O’tiladigan fanlar katologi
  • O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi
  • Amaliy xorijiy til
  • Ilmiy tadqiqot ishi, Ilmiy amaliyot (stajirovka) va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash
  • Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnalogiyalari
  • Klinik kardiologiya
  • Maxsus fanlarni o’qitish uslubiyoti
  • Sog’liqni saqlash menejmenti