Kardiologiya

Kardiologiya

Kurs haqida

Kardiologiya (kardio… va …logiya) — tibbiyot fanining bir boʻlimi: yurak-tomir sistemasining tuzilishi, funksiyasi va kasalliklarini, ularning yuzaga kelish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, oʻziga xos kechishi hamda diagnostikasini oʻrganadi, shuningdek, ularni aniqlash, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Kardiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi 19-20-asrlarga toʻgʻri keladi. Bu Aristotel, Gippokrat, Dioskorid, Galen va Ibn Sinolarning faoliyati bilan bogʻliq. 1628-yil ingliz vrachi Garvey qon aylanish doirasini tavsiflaganidan soʻng Kardiologiya masalalariga oid bilimlar toʻplana bordi. 1761-yil avstraliyalik vrach Auenbrugger ichki aʼzolarni tadqiq etishning yangi usuli — perkussiyani kashf etdi. 19-asrda stenokardiya, revmatizm, yurak poroklariga xos klinik alomatlar aniqlandi.

Kirish talabnomasi

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (pasport), ayni yo’nalish bo’yicha magistrlik diplomi, chet tilini umumiy Evropa kompetentsiyalariga (standartlariga) muvofiq chet tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatning nusxasi, 3×4-rasm.

O’qish muddati

3 yil

Ta’lim shifri

14.00.06