Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha bitiruvchi talabalar uchun “O‘zmilliybank” AJ Buxoro viloyat filiali ma’sul xodimlari bilan seminar
14.03.2026 2026-03-14 12:24Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha bitiruvchi talabalar uchun “O‘zmilliybank” AJ Buxoro viloyat filiali ma’sul xodimlari bilan seminar
Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha bitiruvchi talabalar uchun “O‘zmilliybank” AJ Buxoro viloyat filiali ma’sul xodimlari bilan seminar
2026-yil 12-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bakalavr bitiruvchi bosqich talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.


Seminarda Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Adizov G‘ayrat, Buxoro viloyati “O‘zmilliybank” AJ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rasulov Sunnatullo hamda “Kelajakka qadam” Markazi menejeri Qurbonova Munira Klichovnalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talabalarga “Kelajakka qadam” dasturining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, “biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” bo‘lgan jarayon tushuntirildi.


“O‘zmilliybank” tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketlari, biznes-reja tuzish, tadbirkorlik kreditlari va ularni rasmiylashtirish jarayoniga oid amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.


Dastur doirasida “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda bir qancha talabalarimizga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlar ajratib kelinmoqda.
Shu sababli, Buxoro davlat tibbiyot instituti bitiruvchi talabalari o‘z biznes g‘oyalari uchun 20 mln so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha imtiyozli shartlar asosida kredit olishni istasa, kredit rasmiylashtirishlari mumkin.
