Klinik farmakologiya kafedrasi

Klinik farmakologiya kafedrasi

Jalolova Vazira Zamirovna

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Raxmatova Marhabo Rasulovna
dotsent
Mavlonov Anvar Axmadovich
dotsent
Ochilov Alisher Komilovich
dotsent
Ochilova Gulruh Saidovna
dotsent
Nasirova Sabina Zaurovna
PhD
Sharipova Riboba G’ulomaliyevna
assistent
Sharipova Elvina Midatovna
assistent
Boboyev Xurshid Shodiqulovich
assistent

Kafedra tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1990-yil oktyabr oyida  Buxoro davlat tibbiyot instituti tashkil etildi. 1991-1992 o’quv yilidan boshlab Farmakologiya kafedrasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Farmakologiya kafedrasi asoschisi, birinchi kafedra mudiri Bafoev Ibrohim Olimovich o’z davrining yetuk mutaxassisi sifatida samarali faoliyat yuritgan.

1992-1994 yillarda tibbiyot fanlar nomzodi Т.Karimov Farmakologiya kafedrasini boshqargan. 1994-1999- yillarda kafedra kengaytirilib, tarkibiga «Klinik farmakologiya» bo‘limi qo‘shildi va kafedra «Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi» deb nomlandi. Kafedra xodimlari tomonidan Davolash fakultetining va stomatologiya fakultetining 3 kurs talabalariga “Farmakologiya” va “Klinik farmakologiya” fanidan amaliy, klinik  va nazariy mashgʼulotlar oʼtildi.

1995 yili Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri etib tibbiyot fanlar doktori, professor Maxmudov To’ra Maxmudovich tayinlandi. 1995-1999 yillardagi faoliyati davomida professor T. M. Maxmudov o’zining unumli mehnati va fidoiyligi bilan institut xodimlari orasida hurmat qozondi. U o’zining maktabini yaratib, qator shogirdlar tayyorladi.

Tibbiyot fanlar nomzodi, dotsent Musayeva Dilfuza Mahmudovna 2000-2012 o’quv yillarida “Farmakologiya va klinik farmakologiya” kafedrasini boshqarib keldi. 2000 yil 1-martdan 15 martga qadar Janubiy Koreya respublikasi Pusan universiteti professori Kuil Kang talabalarga ingliz tilida Farmakologiya fanidan maʼruzalar oʼqidi.

2013-2014 o‘quv yilida kafedra mudiri etib farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent O.M. Ernazarov tayinlandi. 2015-2016- o‘quv yilida “Farmakologiya va klinik farmakologiya” kafedrasi “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasi bilan birlashtirilib, kafedra “Farmakologiya, normal va patologik fiziologiya kafedrasi” deb nomlandi. 

2016-2017 o‘quv yilidan boshlab kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Musayeva Dilfuza Mahmudovna tayinlandi.

2017-2018- o‘quv yilida kafedra “Normal va patologik fiziologiya” kafedrasidan ajratilib, “Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya” kafedrasi bilan birlashtirildi va “Mikrobiologiya va Farmakologiya kafedrasi” deb nomlandi.

2018-2019- o‘quv yilidan boshlab kafedra qayta Klinik farmakologiya bo‘limi bilan birlashtirilib, “Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi” nomini oldi va t.f.n., dotsent D.M. Musayeva kafedrani boshqarib kelmoqda.

2021-2022 o‘quv yilidan boshlab kafedra mudiri etib DSc, dotsent Yuldosheva Dilnavoz Xasanovna tayinlandi.

2023-2024 o`quv yilidan  kafedra “Farmakologiya va klinik farmakologiya”  kafedrasidan ajratilib, “Klinik farmakologiya ” kafedrasi deb oldi PhD, dotsent V.Z.Jalalova kafedrani boshqarib kelmoqda.

Kafedra faoliyati davomida xodimlari tomonidan 500 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 100 ga yaqin  uslubiy qo‘llanmalar, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalari  va darsliklar chop etilgan hamda elektron darsliklar yaratilgan. Shuningdek, 300 dan ortiq multimedialar, videodarslar va audiodarslar talabalarga taqdim etilgan.

Kafedra xodimlari Turkiya, Rossiya, Xitoy XR va Koreya davlatlarining, shuningdek Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining nufuzli oliy o‘quv yurtlari Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedralari bilan o‘quv-uslubiy va ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik qilmoqdalar. Kafedrada davolash, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, tibbiy pedagogika, stomatologiya fakul`tetlari  talabalari   farmakologiya, molekulyar farmakologiya, klinik farmakologiya  fanlaridan tahsil olishadi. Shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari qo’shma dasturlar asosida Hindistonning GD Goenka universiteti Pharm-D va MBBS yo’nalishida tahsil oladigan xorijlik talabalarga;  Rossiyaning  Kursk,Orenburg, Dog’iston tibbiy universitetlari va Kazan federal universiteti  bilan qo’shma dasturlar asosida ochilgan Farmatsiya, Biotexnologiya, Davolash fakul`tetlari talabalariga: Turkiyaning Sog’liq  bilimlar  universiteti Davolash fakul`teti va ushbu universitet qoshidagi Malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabi talabalariga dars mashg’ulotlari olib borishadi.

Xorijiy hamkorlar bilan malaka oshirish kurslari, stajirovkalar, vebinarlar, xalqaro konferensiyalar otkazib kelishmoqda.  Kafedra dotsenti Musayeva D.M. va assistentlar Raxmatova M.R. Xitoy xalq Respublikasida malaka oshirishda va hamkorlarimizning Toshkentda ochgan farmacevtik zavodi ochilishida qatnashishdi.

O'quv jarayoni

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar

25-noyabr – xotin qizlarga nisbatan zo’ravonliklarga barham berish xalqaro kuni.

25.11.2023 yil sanasida  Buxoro davlat tibbiyot instituti  Klinik farmakologiya kafedrasi , institut xotin qizlar maslahat kengashi raisi, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi , hamda Buxoro viloyati  “Oydin nur” oilani ijtimoiy, huquqiy himoyalash markazi  mutaxassislari hamkorligida “Ayol va qizlarga nisbatan gender zo’ravonlikka   qarshi 16 kunlik faol xarakatlar ” doirasida gender tenglik marafoni institutga tashrif buyurib,  talaba qizlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.

1- qism mavzuga oid  videoroliklar jamlanmasi savol-javoblar.

2- qism “Savollar koptok savati” sport o’yini.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning  huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasi ustuvor ahamiyatga ega, chunki xotin – qizlarning huquqiy madaniyatga ularning oila, jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlari, o’z bilim va salohiyatlarini namoyon qila olishlari, ham oilaga, ham jamiyat ravnaqi uchun hissa  qo’shishlarida muhim ahamiyatga egadir.

Monografiyalar

Onlayn ma'ruza

Osh davlat universitetining asosiy va klinik farmakologiya kafedrasi bilan birgalikda General medicine 5-kurs talabalari uchun bir qator onlayn mehmon ma’ruzalari o’tkazildi. Kafedraning barcha tarkibi, xususan, dotsent A. A. momunova bilan hamkorlik qilgani uchun katta minnatdorchilik bildiramiz.

Minnatdorchilik xati