✨ HALOLLIK SARI — SHAFFOF TA’LIMGA QADAM!
23.10.2026 2026-10-23 10:05✨ HALOLLIK SARI — SHAFFOF TA’LIMGA QADAM!
🎓 Birinchi kurs pediatriya yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Halollik sari — shaffof ta’limga qadam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
➡️ Davra suhbati davomida ta’lim jarayonida akademik halollik tamoyillariga rioya qilish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, adolat va shaffoflikni ta’minlash hamda bo‘lajak shifokorlarning kasbiy etikasi va mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.



📚 Ayniqsa, pediatriya yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlarning kelajakda malakali, halol, vijdonli va o‘z kasbiga sadoqatli shifokorlar bo‘lib yetishishida akademik halollikning muhim o‘rni ta’kidlandi.
🎓 Halol ta’lim — ishonchli kelajak, shaffoflik esa yuksak sifat garovidir!
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati