Korrupsiyaga qarshi kurash

Buxoro davlat tibbiyot institutida davra suhbati tashkil etildi

photo_2025-11-22_11-16-39

Buxoro davlat tibbiyot institutida davra suhbati tashkil etildi

Buxoro davlat tibbiyot institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.B.Fayziyev, bo‘lim bosh mutaxassisi O.A.Rajabov hamda tyuter N.Ochilova tomonidan Tibbiyot fakulteti yo‘nalishi 1-bosqich talabalari bilan “Biz – Yangi O‘zbekiston avlodimiz! Korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida ta’lim muassasalarida halollik muhitini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish, shaffoflik tamoyillarini kuchaytirish hamda yoshlarning bu jarayondagi o‘rni va mas’uliyatiga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.