Korrupsiyaga qarshi kurash

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” boshlandi

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” boshlandi1

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” boshlandi

➡️Buxoro davlat tibbiyot institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” doirasida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy tadbirlar tashkil etilmoqda. Mazkur haftalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

➡️Haftalikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — institutda korrupsiyaga mutlaqo murosasiz muhitni shakllantirish, halollik va ochiqlik tamoyillarini keng targ‘ib etishdir.

➡️Tadbirlar doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.B.Fayziyev tomonidan Tibbiyot fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

➡️Uchrashuvda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, yoshlarning fuqarolik mas’uliyati, halollik va qonun ustuvorligining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

➡️Shuningdek, talabalarning fikr-mulohazalari tinglanib, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir shaxsning faol pozitsiyasi muhim ekani alohida ta’kidlandi.

✔️Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.