Buxoro davlat tibbiyot institutida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida talabalarning faolligini oshirishga qaratilgan rasmlar tanlovi o‘tkazildi
13.12.2025 2025-12-22 16:56Buxoro davlat tibbiyot institutida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida talabalarning faolligini oshirishga qaratilgan rasmlar tanlovi o‘tkazildi
Buxoro davlat tibbiyot institutida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida talabalarning faolligini oshirishga qaratilgan rasmlar tanlovi o‘tkazildi
Mazkur tanlov yoshlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, ularni halollik, adolat va qonuniylik tamoyillariga hurmat ruhida tarbiyalash мақсадида ташкил etилди. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda bir qator mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash ва ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida korrupsiyaga qarshi kurashish faqat tashkilotlar emas, balki jamiyatning har bir a’zosi zimmasidagi mas’uliyat ekanini ta’kidladi. Shuningdek, talabalar orasida halollik tamoyillarini keng targ‘ib etish, ochiqlik va shaffoflik madaniyatini mustahkamlash muhimligini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i Xurshid Fayziyev so‘zga chiqib, korrupsiyaning ijtimoiy hayot va ta’lim tizimiga salbiy ta’sirlari, uni bartaraf etishning zamonaviy mexanizmlari haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. U talabalarni faollikka, tashabbus ko‘rsatishga va korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iy “yo‘q” deyishga chorladi.
Tanlov doirasida talabalar korrupsiyaga qarshi kurash mavzusini o‘ziga xos ijodiy yondashuvda tasvirlab, rang-barang asarlar yaratdilar. Ularning ishlari hay’at tomonidan baholanib, eng yaxshi ijod namunalari aniqlanmoqda.
Yakunda g‘olib va faol ishtirokchi talabalar institut tomonidan taqdirlanadi, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirilishi rejalashtirilgan.
Ayni tadbir BuxDTIda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning yana bir muhim qismi bo‘lib, talabalar ongida halollik va poklik qadriyatlarini mustahkamlashга xizmat qiladi.






