Korrupsiyaga qarshi kurash

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “KORRUPSIYANING OLDINI OLISHDA TA’LIMNING ROLI” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI

9d19e57d-ae98-4cdf-ae97-6957a147cc73

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “KORRUPSIYANING OLDINI OLISHDA TA’LIMNING ROLI” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Davolash fakulteti 6-bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiyaning oldini olishda ta’limning roli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
​Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ta’lim va tibbiyot sohasida shaffoflik va adolat tamoyillarini qaror toptirishdan iborat.
​Muloqot davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga, xususan, sog‘liqni saqlash tizimiga salbiy ta’siri xususida so‘z yuritildi. Bo‘lajak shifokorlarning kasbiy faoliyatida halollik, xolislik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy rioya etishlari muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati