Korrupsiyaga qarshi kurash

HALOL TA’LIM — ADOLATLI KELAJAK!

photo_2026-11-27_17-04-07

HALOL TA’LIM — ADOLATLI KELAJAK!

Korrupsiyaga qarshi kurashish — har birimizdan boshlanadi!
Ta’lim va ilm-fan sohasida halollik, xolislik hamda shaffoflik shunchaki talab emas, balki sifatli ta’lim va sog‘lom jamiyatning mustahkam poydevoridir.
Ayniqsa, tibbiyot sohasida bilim va malaka inson hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli bo‘lajak shifokorlarning ta’lim olish jarayonida adolat, vijdonlilik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilinishi alohida ahamiyatga ega.
🤚 Pora berish ham, pora olish ham — korrupsiyaning bir ko‘rinishidir!
Imtihon natijalariga noqonuniy ta’sir o‘tkazish, baho evaziga pul yoki boshqa manfaat talab qilish, tanish-bilishchilik, xizmat vakolatini suiiste’mol qilish va manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga befarq bo‘lmang.
✔️ KORRUPSIYAVIY HOLATGA DUCH KELDINGIZMI?
Bunday vaziyatlarda sukut saqlamang. Muammo haqida o‘z vaqtida xabar berish korrupsiyaning oldini olish va adolatni ta’minlashga xizmat qiladi.
➡️Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida korrupsiyaviy holatlar yuzasidan quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
💻Telegram-bot:
@antikarrupsiya_bot
📎Ishonch telefonlari:
+998 95 911 00 50
+998 93 652 23 25
+998 99 707 19 00
Murojaatingiz — muammoni bartaraf etish yo‘lidagi muhim qadam!
➡️ Halol mehnat — munosib natija.
➡️ Adolatli baholash — sifatli ta’lim.
➡️ Shaffof muhit — sog‘lom jamoa.
➡️ Korrupsiyaga murosasizlik — ishonchli kelajak.
🎓Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi. Biz halollik, adolat va shaffoflik tamoyillariga asoslangan ta’lim muhitini qo‘llab-quvvatlaymiz!