Korrupsiyaga qarshi kurash

“HALOLLIK SARI — SHAFFOF TA’LIMGA QADAM” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

d12bff28-ce1d-443d-93f4-d14eb23f7fe8

“HALOLLIK SARI — SHAFFOF TA’LIMGA QADAM” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

​Birinchi kurs pediatriya yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Halollik sari — shaffof ta’limga qadam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
​Davra suhbati davomida ta’lim jarayonida akademik halollik tamoyillariga rioya qilish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, adolat va shaffoflikni ta’minlash hamda bo‘lajak shifokorlarning kasbiy etikasi va mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
​Ayniqsa, pediatriya yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlarning kelajakda malakali, halol, vijdonli va o‘z kasbiga sadoqatli shifokorlar bo‘lib yetishishida akademik halollikning muhim o‘rni ta’kidlandi.

​Halol ta’lim — ishonchli kelajak, shaffoflik esa yuksak sifat garovidir!

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati