HALOLLIK VA SHAFFOFLIK — KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING MUHIM TAMOYILLARI!
25.11.2026 2026-11-25 15:27HALOLLIK VA SHAFFOFLIK — KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING MUHIM TAMOYILLARI!
HALOLLIK VA SHAFFOFLIK — KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING MUHIM TAMOYILLARI!
Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida Buxoro viloyati Volontyorlar markazi hamda institutimiz yoshlari hamkorligida «Antikorrupsiya kvesti» tadbiri tashkil etildi.
🎓 Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini yuksaltirish, halollik, adolat va shaffoflik tamoyillarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida tushuncha va tasavvurlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
➡️Tadbir davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish, qonuniylikka rioya etish, shaxsiy mas’uliyat va halollik kabi muhim qadriyatlarga alohida e’tibor qaratdilar. Kvest formati yoshlarning faolligini oshirish, ularni jamoaviy hamkorlikka undash va dolzarb ijtimoiy masalalar yuzasidan o‘z qarashlarini ifoda etish uchun o‘ziga xos imkoniyat yaratdi.



➡️ Korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina davlat tashkilotlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas, balki har bir fuqaroning fuqarolik burchi hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi yosh avlod qalbida halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik va qonunga hurmat kabi fazilatlarni shakllantirish kelajakda sog‘lom va ochiq jamiyat barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🎓 Institutimiz yoshlari bunday ma’rifiy va ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarda faol ishtirok etish orqali korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, jamiyatda ishonch va adolat muhitini mustahkamlashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
🔆 Zero, halollik — inson qadrini, shaffoflik — jamiyat ishonchini, adolat esa taraqqiyotni ta’minlaydi!