“Korrupsiyaga qarshi kurashishga har birimiz mas’ulmiz!”
22.12.2025 2025-12-23 10:19“Korrupsiyaga qarshi kurashishga har birimiz mas’ulmiz!”
Mazkur shior ostida talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni va mas’uliyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.


Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va adolat tamoyillariga amal qilish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Bunday tadbirlsr yoshlar orasida huquqiy ong va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, korrupsiyaga nisbatan qat’iy pozitsiyani shakllantirishga xizmat qildi.

Xurshid Fayziyev, KKQB boshlig’i.