“Korrupsiyaga qarshi kurashishga har birimiz mas’ulmiz!”
25.02.2026 2026-02-26 13:57“Korrupsiyaga qarshi kurashishga har birimiz mas’ulmiz!”
Mazkur shior ostida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institut jamoasi ishtirok etib, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, ta’lim tizimidagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari hamda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati haqida atroflicha fikr almashildi.


Yig‘ilishda so‘zga chiqqan KKQB boshlig‘i Xurshid Fayziyev korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. U o‘z nutqida ta’lim muassasalarida halollik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiq va shaffof faoliyat yuritish har bir rahbar va xodimning burchi ekanini qayd etdi.
Shuningdek, tadbir davomida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash va huquqiy ongni yuksaltirish masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Mazkur tadbir professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida fuqarolik mas’uliyatini yanada oshirish, halollik prinsiplariga sodiqlikni mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi qat’iy pozitsiyani shakllantirishga xizmat qiladi.

