Sog‘liqni saqlash vazirining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda yoshlar bilan muloqoti boshlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov so‘zga chiqdi.
05.03.2026 2026-03-05 13:01Sog‘liqni saqlash vazirining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda yoshlar bilan muloqoti boshlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov so‘zga chiqdi.
Sog‘liqni saqlash vazirining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda yoshlar bilan muloqoti boshlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov so‘zga chiqdi.
Hududlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, barcha hududiy boshqarmalar, davolash muassasalari va tuman tibbiyot birlashmalari mas’ullari onlayn tarzda ulangan.
Muloqotda tizimda aniqlangan korrupsiyaviy holatlar, ularning sabablari va oldini olish choralari tanqidiy muhokama qilinmoqda. Sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, vazir yoshlar bilan muloqotni doimiy ravishda olib borish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshaev hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltievga tegishli ko‘rsatmalar berdi.





