BuxDTI matbuot xizmati Korrupsiyaga qarshi kurash

Talabalar orasida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

davra suhbati tashkil etildi1

Talabalar orasida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.B.Fayziyev, bo‘lim bosh mutaxassisi O.A.Rajabov hamda Tibbiyot fakulteti Pediatriya yo‘nalishi tyutori G.H.Ochilovalar bilan birgalikda joriy yilning 1-may kuni institutning Pediatriya yo‘nalishi 137-guruh talabalari orasida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad OTMdagi talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iboratdir. Davra suhbati davomida talabalarga hozirgi kunda davom etayotgan oraliq hamda yozma imtihonlardagi mavjud muammolar va korrupsion holatlarni bartaraf etish bo‘yicha tushunchalar berildi.