TIBBIYOTDA HALOLLIK — JAMIYAT SALOMATLIGINING ASOSI
20.12.2025 2025-12-20 13:26TIBBIYOTDA HALOLLIK — JAMIYAT SALOMATLIGINING ASOSI
Halollik haftaligi doirasida Buxoro davlat tibbiyot institutida “Halollik soati” ma’rifiy darslari o‘tkazildi. Unda tibbiyot sohasida halollik, mas’uliyat va shafoflik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mutaxassislar ta’kidlaganidek, tibbiyotda korrupsiya oddiy huquqbuzarlik emas, balki inson hayoti va salomatligiga bevosita xavf tug‘diradi. Xususan, noqonuniy to‘lovlar, adolatsiz baholash, manfaat asosida xizmat ko‘rsatish kabi holatlar jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Darslarda shifokor qasami, tibbiy deontologiya, bemor bilan etik munosabat, tibbiy sirni saqlash kabi masalalar muhokama qilindi. Talabalarga halollik — kelajak shifokorining eng muhim fazilati ekani uqtirildi.
Shuningdek, tibbiyot muassasalarida shafoflikni oshirish, elektron xizmatlarni kengaytirish, xizmatlar va tariflar bo‘yicha ochiq ma’lumot berish zarurligi qayd etildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar tibbiyot — hayotni asrash kasbi ekanini, bu yo‘lda halollik va poklik eng oliy mezon bo‘lishi kerakligini yana bir bor tasdiqladilar.
X. Fayziev Buxoro davlat tibbiyot instituti KQKKNB bo‘limi boshlig‘i