Korrupsiyaga qarshi kurash

Xalqaro fakultet talabalariga 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni haqida ma’lumot berildi

1

Xalqaro fakultet talabalariga 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni haqida ma’lumot berildi

Hindistonlik 1-bosqich xalqaro fakultet talabalariga 9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan korrupsiyaning mazmuni, uning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri ҳамda 2003 yilda BMT tomonidan qabul qilingan Konvensiya haqida tushuntirish berildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning inson orzularini so‘ndirish, ishonchni yemirish va taraqqiyotga to‘siq bo‘lishi qayd etildi. Halollik va vijdon esa ushbu illatga qarshi eng kuchli qurol ekani ta’kidlandi.

Talabalar tomonidan shior o‘qildi:
📢 “Korrupsiyaga joy yo‘q! Halollik – bizning tanlovimiz!”

Yig‘ilishda har bir imzo, har bir so‘z va har bir qaror vijdon bilan qabul qilinishi lozimligi уқтирилди. Halol insonning yo‘li mushkul bo‘lishi mumkinligi, ammo or-nomus bilan bosilgan qadam hech qachon zoye ketmasligi таъkidлаб o‘tildi.

Tadbir yakunida yoshlar jamiyatда halollikni targ‘ib qilishga, adolatni mustahkamlashga va korrupsiyaga qarshi faol pozitsiya egallashga chorlandi.