Yakuniy nazorat: Farmatsiya yo‘nalishidagi talabalar test sinovlarini topshirdi
19.06.2025 2025-06-19 15:23Yakuniy nazorat: Farmatsiya yo‘nalishidagi talabalar test sinovlarini topshirdi

Yakuniy nazorat: Farmatsiya yo‘nalishidagi talabalar test sinovlarini topshirdi
🗓 2025-yil 17-iyun kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida Farmatsiya yo‘nalishi talabalari uchun yakuniy test nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

📍 Ushbu jarayon korruptsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi nazorati ostida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi.

🧪 Imtihonlarda ishtirok etgan talabalar o‘z fanlari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Test sinovlari belgilangan tartibda, adolatli va oshkora muhitda o‘tkazildi.

👁🗨 Korruptsion holatlarning oldini olish, akademik halollikni ta’minlash, shaffof baholash tizimini shakllantirish maqsadida komplaens-nazorat guruhi a’zolari tomonidan nazorat choralari amalga oshirildi.
📌 Test natijalari tahlil qilinib, har bir talabaning natijalari elektron tizim orqali ochiq e’lon qilinadi. Bu esa bilimga asoslangan baholash tamoyilini mustahkamlaydi.