YOSHLARDA HALOLLIKNI SHAKLLANTIRISH
22.09.2026 2026-09-24 16:57YOSHLARDA HALOLLIKNI SHAKLLANTIRISH
1-kurs profilaktika yo‘nalishi talabalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Yoshlar ongida halollik, adolat, vijdonlilik va mas’uliyat kabi yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish, ularni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz ruhda tarbiyalash maqsadida “Yoshlarda halollikni shakllantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.





📎Tadbir davomida halollikning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni, yoshlarning kundalik hayotida halol va mas’uliyatli bo‘lishi, akademik halollik hamda korrupsiyaning oldini olishda yoshlarning faol ishtiroki haqida fikr almashildi.
🎓Suhbat davomida 1-kurs profilaktika yo‘nalishi talabalari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzu yuzasidan savollar bilan faol ishtirok etdilar.
✨Zero, halollik — jamiyat taraqqiyoti va ishonchli kelajakning muhim poydevoridir.



